Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

Dani Alves - dunyo rekordchisi!

PSJ himoyachisi Dani Alves jamoaviy sovrinlar bo'yicha dunyo rekordchisiga aylandi.
31 mart kuni parijliklar Franciya liga Kubogi finalida "Monako"ni 3:0 hisobida taslim etishdi. Bu g'alaba PSJning turnirdagi ketma-ket beshinchisi bo'ldi, Dani Alves esa faoliyatidagi 36-jamoaviy sovrinni qo'lga kiritdi.

SHunday qilib, Dani Alves "Manchester Yunayted"ning uelslik yarim himoyachisi Rayan Giggz va "Liverpul" forvardi Kenni Dalglishlardan o'zib ketdi. Bu ikki sobiq futbochilar faoliyatini yakunlaganida 35ta sovrin qo'lga kiritgan edi.

Braziliyalik 7 marta milliy chempionatlarda, (Ispaniya - 6, Italiya - 1), 6 marta milliy kuboklarda (Ispaniya - 5, Italiya - 1), 6 marta milliy Superkuboklarda (Ispaniya - 5, Franciya - 1), Liga Kubogida (Franciya), Nordeste Kubogida (Braziliya), 3 marta CHempionlar ligasida ("Barselona"), ikki marta UEFA Kubogida ("Sevilya"), 4 marta UEFA Superkubogida va 3 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan.

34 yoshli Alves Braziliya terma jamoasida Amerika Kubogida va ikki bora Konfederaciyalar Kubogida zafar quchdi.

Futbolchi hech bo'lmasa bir o'yinda ishtirok etgan rasmiy turnirlar hisobga olingan.
Dani Alves - dunyo rekordchisi!
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram