Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 21:15 – Bilasizmi, Klopp 7 finalining 6tasida mag'lub bo'lgan 
  • 21:14 – Emre Jan keyingi hafta "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tishi mumkin 
  • 21:14 – Donnarumma uchun xech kim 70 million to'lashni istamayapti 
  • 21:13 – Arsen Venger faoliyatini Yaponiyada davom ettiradimi? 
  • 21:12 – Bartra JCH-2018da Karvaxalning o'rnini egallashi mumkin 
  • 21:12 – Messi - top-5 ligalarining eng yaxshi to'purari 
  • 21:11 – "Yuve" MYU futbolchisi uchun, Moratadan voz kechdi 
  • 21:11 – "Sevilya"ning yangi bosh murabbiyi aniq 
  • 21:10 – Beyl kelajagiga aniqlik kiritdi 
  • 21:10 – "Yuventus" "Milan" himoyachisini nishonga oldi 

Antonio Konte: “Ikki yil oldin “CHelsi” 10-pog'onada edi”

“CHelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte APL 32-turida o'z maydonida “Tottenhem”ga (1:3) uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
-Birinchi bo'lim oxirida darvozamizga kiritilgan gol o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotishimizga olib keldi. Vaholanki, biz tanaffusga 2:0 hisobida chiqish ketishimiz mumkin edi. Ammo bu futbol. Eriksen fantastik gol urdi. Tanaffusdan keyin yana gol urishga intildik, biroq raqibimiz bizga qaraganda aniqroq harakat qildi.

-Mozes to'pni yo'qotdi va hisob tenglashdi...

-Bunaqa holat bo'lib turadi. Hozir futbolchining javobgarligi haqida gapirish vaqti emas. Biz bu vaziyatda ahil jamoa bo'lib harakat qilishimiz lozim edi.

-Kuchli to'rtlikka kirishi imkoniyatini qanday baholaysiz?

-Biz “Tottenhem” bilan oradagi farqni qisqartirish imkoniyatidan mahrum bo'ldik. Oldinda 7 ta o'yin qoldi va biz so'nggi daqiqalargacha to'rtlikda bo'lishga umid qilamiz. Jamoa mavsum oxirida o'ziga mos o'rinda bo'ladi deb o'ylayman.

CHempionlik uchun kurash? Bu oson ish emas, ayniqsa Angliyada. O'tgan mavsumda biz g'olib bo'ldik. O'ylashimcha, biz tarkibni kuchaytirishimiz lozim. Unutmang ikki yil oldin ushbu klub mavsumni 10-pog'onada yakunlagandi”, deydi Konte.
Antonio Konte: “Ikki yil oldin “CHelsi” 10-pog'onada edi”
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram