Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 22:13 – Umid Ahmadjonov bilan jiddiy suhbat. Abramov va Ahmadalievni futbolga qaytaramizmi? 
  • 22:12 – RUSADA Denisovni jarimaga tortdi 
  • 22:10 – Konte: "Venger futbol dunyosining hurmatiga loyiq" 
  • 19:04 – Karikatura: "Real Sosedad" "Barselona" uchun chempionlik yo'lagini tozalab berdi 
  • 19:03 – Omar Momani Arsen Vengerning "Arsenal"ni tark etishiga atab karikatura chizdi 
  • 19:03 – Yoshlar ligasi. 7-tur. Barcha o'yinlar yakunlandi 
  • 19:02 – PRO-liga. 3-tur. LIVE Hisoblar 
  • 19:01 – Robin van Persi: "Har doim Vengerni futboldagi otam sifatida ko'raman" 
  • 19:01 – Mourino: "U ketyapti?" 
  • 19:00 – Jiru "CHelsi"ga o'tishi sababini aytdi 

No'mon Hasanov: “G'alaba muxlislarimiz uchun sovg'a bo'ldi”

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov va “Qo'qon-1912” azosi Javohir Sidiqov qatnashishdi.
No'mon Hasanov: - Oldindan shunday o'yin bo'lishini bilgan holda tayyorgarlik ko'rgandik. Oxirgi uchrashuvlarda “Navbahor” himoyaviy o'yin ko'rsatishini bilgandik.

Muxlislarimiz uchun bugun haqiqiy bayram bo'ldi. G'alaba ular uchun munosib sovg'a bo'ldi, deyishim mumkin. Bugun yigitlar borlarini berib o'ynashdi. Futbolchilar bir-birlari bilan qisqa pas orqali o'ynashlari menga manzur bo'ldi. To'g'ri,bunga erishish oson bo'lmadi.

Futbolda zaxiraga ko'p etibor berish kerak, deb hisoblayman. Tezlikni oshirish uchun zaxiradan foydalanish zarar qilmaydi. Bugun ham ushbu principimga sodiq qoldim va bu samara berdi.

Taran birinchi taymda yaxshi to'p surdi. To'pni o'zida saqlab turish bo'yicha u etakchilardan biri sanaladi. Igor hali o'zini ko'rsatadi.

Javohir Sidiqov: Bugungi o'yin muxlislarbop bo'ldi. Muxlislarimiz stadionda haqiqiy bayramni tashkil etishdi. “Navbahor”ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorlangandik. Bugungi g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilgani yo'q.

Ishqibozlarimiz ham bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlashdi. Ularga minnatdorchilik bildirib o'tamiz.
No'mon Hasanov: “G'alaba muxlislarimiz uchun sovg'a bo'ldi”
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram