Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 22:07 – JCH-2018. Yaponiya 2-2 Senegal. Uchrashuv statistikasi 
    • 22:04 – Ki Son Yon Germaniyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi 
    • 21:26 – Keyn: JCH o'yinida uchta gol kirita olganimdan faxrlanaman" 
    • 21:25 – JCH-2018. Yirik hisobda g'alaba qozongan Angliya ustozi nimadan norozi? 
    • 21:25 – JCH-2018. Nigeriya - Argentina uchrashuvini CHaqir boshqaradi 
    • 21:24 – JCH-2018. Keyn Angliya - Panama o'yinining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi 
    • 21:23 – Puyolni sochlari sabab Eron TVsiga kiritishmadi 
    • 19:50 – Angliya - Belgiya o'yinida durang qayd etilsa, guruh g'olibi nomi kartochkalarga ko'ra aniqlanadi 
    • 19:49 – JCH-2018. Angliya - Panama 6:1. Uchrashuv statistikasi 
    • 19:46 – G guruhidan keyingi bosqichga chiqqan jamoalar nomi malum bo'ldi 

    “Lokomotiv” 2012 yildan buyon AGMKga mag'lub bo'lmayapti

    O'zbekistonning 2 karra chempioni – “Lokomotiv” Superliga 4-turida Olmaliqda AGMK jamoasi mehmoni bo'ladi.
    Mazkur ikki jamoaning navbatdagi to'qnashuvini Akobirxo'ja SHukrullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. O'yin soat 18: 00da start olishi ko'zda tutilgan.

    AGMK – “Lokomotiv”
    31 mart. Olmaliq shahri. Soat 18:00.
    Hakamlar: A. SHukrullaev (Toshkent), S. Hakimov (Samarqand), CH. Qamarov (Samarqand), G'. Jo'raev (Namangan).
    Nazoratchi – F. Abdullaev (Toshkent).
    Komissar – L. Qo'chqorov (Toshkent).


    SHu o'rinda, AGMK hamda “Lokomotiv” jamoalarining o'zaro qarama-qarshiliklari tarixiga nazar tashlasak, jamoalar shu paytga qadar milliy chempionatlarimiz doirasida 18 ta o'yin o'tkazishgan. Ularning 12tasida “temiryo'lchilar” jamoasi g'alabaga erishgan. 3ta o'yin esa olmaliqlik futbolchilar foydasiga hal bo'lgan. Yana 3ta uchrashuv durang bilan nihoyasiga etgan.

    “Lokomotiv” va AGMK o'rtasidagi ilk o'yin 2008 yilda o'tkazilgan bo'lib, unda “Lokomotiv” o'z maydonida 2:1 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo'lgan.

    “Lokomotiv” 2012 yildan buyon AGMKga mag'lub bo'lmayapti



    “Lokomotiv”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi 2017 yilda qayd etilgan bo'lib, o'sha bahs 5:0 hisobi bilan yakunlangan.

    “Temiryo'lchilar” jamoasi vakillari AGMK darvozasini hozirga qadar 42 marta ishg'ol etishgan va o'z darvozamizdan 21ta gol o'tkazib yuborganmiz.


    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram