Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 11:17 – Xames “Bavariya”da qolishni xohlamayapti 
  • 11:13 – “Roma” himoyachisi Turkiyaga ketishi mumkin 
  • 11:13 – Markus Reshford jarohat oldi 
  • 11:12 – “Real” Edin Jekoni kuzatmoqda 
  • 11:11 – “Milan” Mexdi Benatiyani nishonga oldi 
  • 11:11 – Sadio Mane: “Keyta “Liverpul”da hammani hayron qoldirdi” 
  • 11:09 – O'rtoqlik o'yini. Ispaniya Bosniya va Gercegovinani mag'lub etdi 
  • 11:08 – Millatlar Ligasi. SHveycariya Belgiyani “sochib tashladi” va boshqa natijalar 
  • 11:07 – Ruben Loftus-CHik “CHelsi”ni tark etishi mumkin 
  • 11:06 – Keyn Runi qilgan ishni tezroq uddaladi 

“Metallurg” – “Qo'qon-1912” prevyu

16 mart kuni "Qo'qon-1912" superliga 3-tur doirasida Bekobodning “Metallurg” klubi mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuvga doir malumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.
17-to'qnashuv

O'zbekiston chempionatida bu jamoalar shu kunga qadar 16 marta to'qnash kelishgan. Mazkur uchrashuvlarning sakkiztasida qo'qonliklarning qo'li baland kelgan. Oltita bahsda “Metallurg” g'alaba qozongan. Ikkita o'yinda durang natija qayd etilgan.

To'plar nisbati – 27-24 "Qo'qon-1912" foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Qo'qon-1912” 26 ochkoni qo'lga kiritgan. Bekobodliklar hisobida 20 ochko mavjud.
“Metallurg” – “Qo'qon-1912” prevyu


Yirik g'alabalar

Vodiy klubi ushbu jamoani uch marta yirik hisobda dog'da qoldirishgan – 1999 yilda 5:1, 2003 yilda 4:0, 2017 yilda 3:0. O'z navbatida “Metallurg” ham ikki marta qo'qonliklarni yirik hisobda mag'lub etgan – 2000 yilda 6:1, 2017 yilda 3:0.

O'zaro o'yinlarda qayd etilgan duranglar esa ushbu jamoalarning birinchi va ikkinchi uchrashuvlarida yani, 1998 yildagi bahslarda qayd etilgan. 19 yildan beri bu klublar to'qnashuvida durang natija kuzatilayotgani yo'q.


Bekoboddagi o'yinlar haqida

Jamoalarning Bekobodda o'tkazilgan sakkizta o'yinida olti marta mezbonlar zafar quchishgan. Qo'qonliklarning Bekoboddagi bahslarida bitta g'alaba va bitta durang natija qayd etilgan. “Qo'qon-1912” klubi 2002 yilda Bekoboddan uch ochko bilan qaytgan.

Bekobodda o'tgan uchrashuvlar:
22.09.2017 Metallurg – Qo'qon 1912 3:0
30.04.2016 Metallurg – Qo'qon 1912 3:1
06.06.2015 Metallurg – Qo'qon 1912 2:1
14.05.2003 Metallurg – Qo'qon 1912 3:1
23.03.2002 Metallurg – Qo'qon 1912 0:2
20.09.2000 Metallurg – Temiryo'lchi 6:1
18.04.1999 Metallurg – Temiryo'lchi 2:0
29.05.1998 Metallurg – Temiryo'lchi 1:1


"Metallurg" haqida

“Metallurg” jamoasi tarixi 1945 yilga borib taqaladi. Ikkinchi jahon urushi poyoniga etgandan so'ng, O'zbekistonning metallurglar shahrida N.F.Ruckiy, A.Kuchkin, V.Li, V.Pak singari fidoyi insonlar tashabbusi bilan futbol jamoasi tashkil etilgan.

1945 yildan 1969 yilga qadar jamoaning nomi “Bekobod” deb yuritilgan bo'lsa, 1969 yildan 1992 yilgacha “Cementchi” nomi ostida musobaqalarda ishtirok etgan. 1992-1998 yillarda bekobodliklar jamoasi “Madanchi” deb nomlangan. 1998 yildan etiboran Bekobod jamoasi “Metallurg” nomini olgan.

Jamoa turli musobaqalarda, jumladan, sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qo'mitalari jamoalari o'rtasidagi Respublika birinchiligida, “Millionlar Kubogi”da va boshqa musobaqalarda qatnashgan.

1991 yildan etiboran “Metallurg” futbol jamoasi O'zbekiston birinchiligi va Kuboklarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

“Metallurg” jamoasi 1997 yilda O'zbekiston birinchiligida 2-o'rinni egallab, 1998 yilgi mavsumdan etiboran O'zbekiston chempionatida (Oliy liga) qatnashish huquqiga sazovor bo'ldi.

Jamoaning eng yaxshi natijasi 5-o'rin. 2002 yilda “Metallurg” O'zbekiston chempionatida beshinchi o'ringa sazovor bo'lgan.


Sobiq futbolchilar

O'tgan mavsumni “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazgan Nikita Ribkin endilikda bekobodliklar safida hakarat qilmoqda. Nikita sobiq jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.


Murabbiylar

Yana bir qiziq malumot. Ushbu jamoalarni boshqarayotgan har ikki bosh murabbiy – Andrey SHipilov va No'mon Hasanovlar “Paxtakor” jamoasida birga ishlashgan. Ushbu bahs ularning bosh murabbiylikdagi birinchi to'qnashuvi bo'ladi.


Hakamlar

“Metallurg”(Bekobod) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon) o'rtasidagi uchrashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo'lishdi.

“Metallurg” – “Qo'qon-1912”
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi – I. Nexochin (Namangan).
Komissar – R. CHernikovскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram