Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

Superliga klublarining barcha stadionlarida oilaviy sektorlar tashkil etildi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti, O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan O'zbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
Superliga klublarining barcha stadionlarida oilaviy sektorlar tashkil etildi

Bungacha Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida mana shunday oilaviy sektorlar mavjud bo'lib, stadionga o'z oilasi bilan tashrif buyuradigan muxlislar o'yinlarini 10 sektordagi 100 ta o'rindiqda tomosha qilish imkoniyatiga ega edi.

Superliga klublarining barcha stadionlarida oilaviy sektorlar tashkil etildi


Oradan ikki-uch kun muddat o'tdi. Superliganing barcha klublari o'z o'yinini o'tkazadigan stadionlarida qulaylik darajasi bo'yicha maxsus joylar ajratib, oilaviy sektorlarni tashkil etdi. Misol uchun,

“Bunyodkor” stadionining 4E (775ta) va 2A (750ta) sektorlaridan jami 1525ta o'rindiq ajratildi. “So'g'diyona”da 10-sektordan 370ta, “Buxoro”da 2-sektordan 160ta, “Neftchi”da 32-sektordan 590ta, “Paxtakor”da 30-sektordan 840ta, “Metallurg”da 14-15 sektorlardan 1245ta, “Qo'qon-1912”da 5-sektordan 150ta, “Qizilqum”da A1sektordan 150ta, “Nasaf”da 3-sektordan 800ta, “Navbahor”da 18-sektordan 1078ta, AGMKda 4-sektordan 1208ta joy ajratildi.
Superliga klublarining barcha stadionlarida oilaviy sektorlar tashkil etildi[/center]

Mamlakatimizda bunday sektorlar eng avvalo futbol o'yinlari o'tkaziladigan stadionlarda joriy qilindi. Keyinchalik esa boshqa sport majmualarida, xususan, usti yopiq inshootlarda ham musobaqalarni maxsus sektorlarda kuzatish imkoniyatini yaratish borasida amaliy ishlarga kirishildi. U erlarda ham sport tadbirlarini oilaviy tomosha qilish, madaniy hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Superliga klublarining barcha stadionlarida oilaviy sektorlar tashkil etildi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram