Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

OCHL. ​“Lokomotiv” – “Al Duhail” 1:2. “Mixed zone”

Kecha Toshkentning “Lokomotiv” klubi OCHL guruh bosqichida Qatarning “Al Duhail” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
OCHL. ​“Lokomotiv” – “Al Duhail” 1:2. “Mixed zone”

Ushbu uchrashuvdan so'ng “Lokomotiv” klubidan Sardor Rashidov va Kaxi Maxaradze, “Al Duhail” jamoasidan darvozabon Nosir Al Yazidi va Nam Tae Xi “mixed zone” hududida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

Sardor Rashidov: “So'ngi daqiqalarda ikkita to'p o'tkazib yuborganimiz juda ham alamli bo'ldi”

“Juda ham qiyin uchrashuvni o'tkazdik. So'ngi daqiqalarda o'z darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yuborganimiz juda ham alamli bo'ldi. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdik, lekin, ikkinchi bo'limda biroz sust o'yin ko'rsatdik. Qolgan ikki bahsda g'alaba qozoning guruh bosqichidan chiqishga harakat qilamiz. “Al Duhail” ikkinchi bo'limda ustunlik qilgan bo'lishi mumkin, birinchi bo'limda biz ustunlik qildik. Men gol urganim muhim emas, asosiysi jamoa g'alaba qozonsa bo'lgani. Avval “Al Duhail” jamoasi menga jiddiy taklif bilan chiqishgandi. Hozir ham ular meni o'z tarkibida ko'rishni istashmoqda”, - deydi “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Sardor Rashidov


OCHL. ​“Lokomotiv” – “Al Duhail” 1:2. “Mixed zone”






Kaxi Maxaradze: “Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin”

“Biz ushbu bahsda g'alaba qozonishimiz mumkin edi, afsuski so'ngi daqiqalarda o'z darvozamizdan 2ta to'p o'tkazib yuborib mag'lubiyatga uchradik. Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. “Al Duhail” ajoyib jamoa, kuchli futbolchilar jamlangan. Jamoa sardori, Nam Tae Xi ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Penalti belgilangan vaziyat yaqinida turgandim. O'sha vaziyatda penalti bo'lgan bo'lishi mumkin. To'pni maydon tashqarisiga chiqib ketganini ko'rdim. Raqib futbolchilarini alohida ko'rsatish qiyin. Keyingi bahslarga jiddiyroq tayyorgarlik ko'ramiz. Bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. Bu futbol. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin”, - deydi Kaxi Maxaradze


OCHL. ​“Lokomotiv” – “Al Duhail” 1:2. “Mixed zone”




Nosir Al Yazidi: “Marat Bikmaev va Sardor Rashidov biz uchun ko'p muammo tug'dirdi”

“Biz uchun oson o'yin bo'lmadi. Juda ham kuchli jamoaga qarshi bahs olib bordik. Raqib jamoa muxlislari stadionga kelib ularni qo'llab-quvvatlab turishdi. Bunday sharoitda mehmonda o'yin o'tkazish juda ham qiyin. Ushbu bahsda g'alaba qozonganimizdan xursandman. “Lokomotiv” juda ham kuchli jamoa. Ular tarkibida harakat qilgan Marat Bikmaev va Sardor Rashidov biz uchun ko'p muammo tug'dirdi”, - deydi “Al Duhail”darvozaboni Nosir Al Yazidi

OCHL. ​“Lokomotiv” – “Al Duhail” 1:2. “Mixed zone”




Nam Tae Xi: “Raqib jamoa tarkibida to'qqizinchi raqamli futbolchi ajoyib o'yin ko'rsatdi”

“Biz uchun ham “Lokomotiv” uchun ham juda qiyin o'yin bo'ldi. O'yin so'ngida raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qilib g'alaba qozondik. “Lokomotiv” juda ham kuchli jamoa. Bunday jamoaga qarshi o'yinda 3 ochko olganimizdan xursandman. Raqib jamoa tarkibida to'qqizinchi raqamli futbolchi ajoyib o'yin ko'rsatdi”, - deydi “Al Duhail” futbolchisi Nam Tae Xi
OCHL. ​“Lokomotiv” – “Al Duhail” 1:2. “Mixed zone”
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram