Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

OCHL. Jezualdu Ferreyra: "Tarkibimizda jiddiy yo'qotish bor"

Bugun OCHL 4-turi doirasida "Nasaf" jamoasi "Al Sadd" mehmoni bo'ladi.
OCHL. Jezualdu Ferreyra: "Tarkibimizda jiddiy yo'qotish bor"

Kecha ana shu uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa ustozi Jezualdu Ferreyra va 11-raqamdagi hujumchi Bag'dod Baunedjaxlar ishtirok etishdi.

Jezualdu Ferreyra: "Ertaga bizni qiyin o'yin kutib turibdi. O'zbekistondagi o'yindan so'ng “Umm Salal”ga qarshi qiyin uchrashuv o'tkazdik. Ichki chempionatimizda bizga nisbatan kuchli bosim bor. Ertaga bo'ladigan o'yinda “Umm Salal”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmagan futbolchilar xizmatidan foydalanmoqchimiz. “Nasaf”ni mag'lub etishimiz uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Futbolda g'alaba yoki mag'lubiyat haqida oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. Albatta ertaga g'alaba uchun o'ynaymiz. Bu o'yin Qarshidagi o'yindan tubdan farq qiladi. Bu o'yinda bizni imkonimiz ko'proq, biz muxlislarimiz ko'z o'ngida o'ynaymiz. Takror aytaman bizga muxlislarning madadi juda zarur. Xavi ertaga maydonga tushishi mumkin. Ammo bu haqda aniq ayta olmayman. Afsuski, shuni aniq aytaman, ertaga bizga eronlik legionerimiz yordam bera olmaydi. Bu biz uchun katta yo'qotish".
OCHL. Jezualdu Ferreyra: "Tarkibimizda jiddiy yo'qotish bor"





Bag'dod Baunedjax: "Ertaga bo'ladigan o'yin har ikkala jamoa uchun ham muhim sanaladi. SHubhasiz ikkala jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushadi. Bizning bor etiborimiz shu o'yinga qaratilgan, ham jismonan, ham ruhan ushbu o'yinga tayyormiz. Milliy chempionatimizdagi sovrindan quruq qoldik. Endi bor etiborimizni OCHLga qaratishga majburmiz. Buni jamoadoshlarimiz bilan kelishib oldik, oldimizda yagona yo'l bu – “Nasaf”ni mag'lub etish va navbatdagi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimizni oshirib olish".
OCHL. Jezualdu Ferreyra: "Tarkibimizda jiddiy yo'qotish bor"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram