Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

Andrey Miklyaev: "Istefo haqidagi savol menga emas"

OCHL 4-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Duhail" (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.
Andrey Miklyaev: "Istefo haqidagi savol menga emas"

Nima ham derdim, agarda savollar bo'lsa, marhamat", - deya gap boshladi Andrey Miklyaev.

- OCHLda ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lubiyat. "Lokomotiv"ga nima bo'ldi?
- Demak "Lokomotiv"ga mahorat etishmayapti. Uchta o'yindan ikkitasini "Al Duhail"ga yutqazdik. "Al Duhail" nafaqat guruh etakchisi, balki Osiyoning eng kuchli jamoasi desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Ayni paytda "Al Duhail" juda kuchli, o'zining optimal sport formasida. 9 yildirki bu jamoa deyarli bir xil tarkibda o'ynamoqda, o'zaro tushunish va o'yin tashkil etish yuqori saviyada. "Al Duhail" jismoniy jihatdan ham ancha yaxshi formada ekanligi ko'rindi. Biz ham raqibni o'yinini o'rganib, chuqur tahlil qilgandik. Umuman olganda, bugungi baxsda ularni o'yin borasida bizdan kuchli deb aytmagan bo'lardim. Ikkita xato qildik va bu qimmatga tushdi.

- "Lokomotiv" o'rin olgan "kvartet" "o'lim" guruhi emasdi. "Lokomotiv" potencial jihatdan bu raqiblarga qarshi bemalol raqobat tug'dirishga qodir. Ammo 4-turdan keyingi holat ancha mushkul. Jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatlari juda pasayib ketdi...
- Yana ikkita o'yin bor. O'sha uchrashuvlardan keyin xulosa qilsa bo'ladi. Nazariy jihatdan hali imkoniyatlarimiz mavjud. Minimum imkoniyatdan maksimum foydalanishga harakat qilamiz. Bugungi guruhdagi ikkinchi bahs qanday natija bilan tugashini kutamiz. Bu ham biz uchun muhim o'yinga aylanmoqda.

- "Lokomotiv" guruhda qolib ketsa, unda murabbiylar shtabi istefoga chiqadimi?
- Bu savol menga emas. Klub rahbariyati bu savolga javob beradi.

- Muhammadiev o'yinni tugatib qo'ya olmasmidi?
- Majburiy o'zgarish bo'ldi. Agarda SHuhrat Muhammadiev o'yinni tugatib qo'ya olganida uni almashtirmagan bo'lardik. Hozir barcha aybni Salim Mustafoevga ag'darmaslik kerak. G'alaba qozonganda jamoa yutadi. Mag'lubiyatga ham butun jamoaniki. Biz ham juda xafamiz. Ammo bu futbol. Futbolda bu kabi holatlar uchrab turadi. Mag'lubiyat futbolning bir bo'lagi.

- "Lokomotiv" birinchi bo'limning oxirgi 20 daqiqasini ajoyib o'tkazdi. Nega tanaffusdan keyin jamoa erta himoyaga o'tib oldi?
- CHunki 90 daqiqa davomida raqibga nisbatan faol pressing qo'llashning imkoni yo'q. SHu boisdan ham ikkinchi bo'limda hisobdan kelib chiqib o'ynadik. Biz ham futbolchilarga ko'proq qarshi hujumlarga o'tish kerakligini aytdik.

- Nivaldo o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlashga tayyor emasmidi?
- Yo'q, Nivaldo hali jarohatidan to'liq forig' bo'lmagan. Bugun uni asosiy tarkibda qo'yganimizda bu juda katta tavakkal bo'lardi. CHunki birgina noto'g'ri harakat bilan 6 oyga safdan chiqish ehtimoli mavjud edi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram