Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

Ro'ziqul Berdiev: “Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik”

Bugun “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Ro'ziqul Berdiev: “Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik”

Matbuot anjumanining dastlabki qismida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Aziz G'aniev ishtirok etishdi.
Ro'ziqul Berdiev: “Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik”



Ro'ziqul Berdiev: - Bo'lajak o'yinga tayyormiz. Raqibni yanada yaqinroq o'rgandik. Ertaga nafaqat yaxshi natija uchun, balki chiroyli o'yin ko'rsatishga ham harakat qilamiz. Biz guruhda kuchli raqiblarga duch keldik, ammo orqada qolishni istamaymiz. Ertaga bo'ladigan o'yinda ikkala jamoaga ham uch ochko zarur. G'alaba qozonishimiz uchun hujum qilishimizga to'g'ri keladi. Lekin himoyani unutmasligimiz kerak. CHunki raqibimizning hujum chizig'i juda kuchli shakllangan. Biz agar ertaga ochiq o'yin namoyish qiladigan bo'lsak, ularga oson bo'lishi mumkin. SHundan kelib chiqib bo'lajak o'yinga reja tuzganmiz.

Takror aytaman guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilishgan. Hozir uchta jamoa bir xil, yani olti ochkoga ega. “Al Vasl” jamoasi uchta mag'lubiyatdan so'ng, imkoniyatini pasaytirib yubordi. O'ylaymanki, guruhdan chiqish uchun kurash mana shu uch jamoa o'rtasida kechadi. Bu ham bo'lsa taxmin, aslida bo'lajak o'yinlar natijasi bunga aniqlik kiritadi.

Dragan CHeran? Dragan CHeran ertaga bo'ladigan o'yinga tayyor, u bizga albatta yordam beradi.

Albatta biz Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik (kuladi). Uni muxlislarimiz ham Qarshida kutishdi. Futbolchilarimiz ham unga qarshi o'ynashni ishtiyoq bilan kutishayapti. Tarkibimizdagi yosh futbolchilar uchun bu quvonchli voqea bo'lardi.
Ro'ziqul Berdiev: “Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik”


Aziz G'aniev: - Biz ertaga bo'ladigan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqibimizning qanday o'yin ko'rsatishi bizga malum. “Al Sadd”ning kuchli hujumchilari bor. Biz raqibimizni hurmat qilgan holda ijobiy natijani qo'lga kiritish urinamiz. Muxlislarimiz bizdan shuni kutishmoqda.

Xaviga qarshi o'ynash? Xavidek futbolchiga qarshi o'ynash har bir futbolchi uchun sharaf. Biz Xavini Qarshida kutgan edik. Ammo u kelmadi. Takror aytaman, raqibimiz safida kim o'ynashidan qattiy nazar, biz ertaga ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun o'ynaymiz.
Ro'ziqul Berdiev: “Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik”

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram