Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:00 – CHempionlik to'qnashuvi oldidan: "Paxtakor" futbolchisi "Loko"ni shohsupadan tushirmoqchi 
  • 11:59 – "Paxtakor" muxlislar klubi sardori: "Balki bugun yil o'yini" 
  • 11:59 – Ernesto Valverde: "Vidal bilan gaplashib oldim" 
  • 11:58 – Mourinyu: "Azarni MYUda ko'rishdan xursand bo'lardim" 
  • 11:58 – Pogba: "APL - eng qiziq chempionat" 
  • 11:57 – Karikatura: Neymar "Barselona"ga qaytmoqchimi?! 
  • 11:57 – Migel Velozu yana A Seriyaga qaytdi 
  • 11:56 – Antoni Marsyal MYU bilan shartnomasini uzaytirishni rad qildi 
  • 11:56 – Aleksis Sanches Mourinoning taktikalaridan norozi 
  • 11:55 – Edinson Kavani “Atletiko Madrid”ga o'tishi mumkin 

OCHL: Xavi va CHeran safga qaytdi, ammo "Nasaf"da yo'qotish mavjud!

Osiyo chempionlar ligasining 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Nasaf" uchrashuvi oldidan mezbonlar uchun xushxabar, "ajdarlar" safida esa yo'qotish mavjud.
Qarshidagi o'yinni jarohati bois o'tkazib yuborgan Xavi safga qaytdi. Bu haqda "Al Sadd" klubining "Instagram"dagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

"Nasaf" esa Dohaga 20 nafar futbolchi bilan uchib ketdi. Bu haqda klub rasmiy xabarida elon qilingan. Ammo berilgan ro'yxatda chap qanot himoyachisi Saydullo Rahmatov yo'q. CHunki futbolchi diskvalifikaciya tufayli uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Dragan CHeran esa o'z yurtidan to'g'ri Dohaga uchgan. "Nasaf"ning serbiyalik hujumchisi "Al Sadd"ga qarshi bahsda "ajdarlar"ga yordam berishga tayyor. "Nasaf" delegaciyasi Dohadagi “Millennium” mehmonxonasidan qo'nim topishgan. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bugun Dohadagi dastlabki mashg'ulotlarini ham o'tkazishga ulgurishgan.

"Nasaf"ning Dohaga yo'l olgan tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar: 35.Sanjar Quvvatov, 1.Umidjon Ergashev, 65.Mashhurjon
Muhammadjonov.

Himoyachilar: 4.Maqsud Karimov, 5.G'olib G'aybullaev, 14.SHarof Muhitdinov,
22.Igor Golban, 55.Slavko Lukich, 92.Umarbek Eshmurodov.

Yarim himoyachilar: 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Sanjar Rashidov,
20.Islom Kenjaboev, 21.Jahongir Aliev, 27.Islom Rashidxonov, 38.Akmal
Mozgovoy, 77.Jasur Hasanov.

Hujumchilar: 10.Bobir Abduxoliqov, 30.Xudoyorxon Sag'dullaev, 69.Dragan CHeran.

OCHL: Xavi va CHeran safga qaytdi, ammo "Nasaf"da yo'qotish mavjud!

Eslatib o'tamiz, 13 mart kuni "Nasaf" OCHL 4-tur doirasida Qatarning "Al Sadd" jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram