Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:00 – CHempionlik to'qnashuvi oldidan: "Paxtakor" futbolchisi "Loko"ni shohsupadan tushirmoqchi 
  • 11:59 – "Paxtakor" muxlislar klubi sardori: "Balki bugun yil o'yini" 
  • 11:59 – Ernesto Valverde: "Vidal bilan gaplashib oldim" 
  • 11:58 – Mourinyu: "Azarni MYUda ko'rishdan xursand bo'lardim" 
  • 11:58 – Pogba: "APL - eng qiziq chempionat" 
  • 11:57 – Karikatura: Neymar "Barselona"ga qaytmoqchimi?! 
  • 11:57 – Migel Velozu yana A Seriyaga qaytdi 
  • 11:56 – Antoni Marsyal MYU bilan shartnomasini uzaytirishni rad qildi 
  • 11:56 – Aleksis Sanches Mourinoning taktikalaridan norozi 
  • 11:55 – Edinson Kavani “Atletiko Madrid”ga o'tishi mumkin 

LaLiga. "Qurol-aslahachilar" "Qirollik klubi"ga qarshi va bugungi boshqa o'yinlar

9 mart kuni "Jirona" hamda "Deportivo" o'rtasidagi bahs LaLiganing 28-tur uchrashuvlariga start berdi.
Turning ilk uchrashuvida Kataloniya klubining qo'li balanda keldi. "Jirona" o'z uyida "Deportivo"ni 2:0 hisobida taslim etdi. Bugun, 10 mart kuni o'tkaziladigan Ispaniya chempionatining navbatdagi o'yinlari haqida to'xtalamiz.



17:00. "Eybar" - "Real"

"Real" bugun yana bir katta to'siqqa duch keladi, chunki "Eybar" uydagi uchrashuvlarda g'alaba qozonish bo'yicha grandlardan biroz pastroq natija qayd etmoqda. Joriy mavsum "qurol-aslahachilar" ishonchli o'yini bilan, har qanday jamoaga muammo to'g'dira olishini isbotlashdi. "Real" esa Ispaniya chempionatini qo'ldan boy berdi va ularning ushbu turnirga bo'lgan qiziqishi katta bo'lmasligi mumkin. "Qirollik klubi" CHempionlar ligasiga yo'llanma beruvchi to'rtlikdan tushib ketishi qiyin, xatolar soni ko'payib ketsa ham buni deyarli iloji yo'q. Ushbu o'yinda "Eybar" madridliklar bilan teng kurash olib borishi mumkin, ammo katta ehtimol bilan mahorat o'z so'zini aytadi.



20:15. "Sevilya" - "Valensiya"

Joriy turning markaziy uchrashuvi "Sevilya" hamda "Valensiya" o'rtasida o'tkaziladi. Ayni damda "Valensiya" "Sevilya"ning joyini band qilib olgan va CHempionlar ligasi uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Mezbonlar ushbu bahsda g'alaba qozonishi shart, aks xolda ular Evropaning eng nufuzli turniri haqida unutishlari mumkin. "Sevilya" bu mavsum o'zining nobarqaror o'yini bilan hammani g'azablantiryapti, "ko'rshapalaklar"ga qarshi o'yinda xatolar kechirilmasligi mumkin.

"Valensiya" raqibga nisbatan ancha kuchliroq ko'rinmoqda, biroq ular tarkib kattaligi bilan maqtana olishmaydi. 8 ochkolik farq "ko'rshapalaklar"ni o'zini xotirjam his qilishga yordam berishi mumkin. "Valensiya" LaLigadagi so'nggi 5ta bahsda mag'lub bo'lmadi va yaxshi formaga kirib oldi.



22:30. "Xetafe" - "Levante"

Uyda eng yaxshi natijalardan birini ko'rsatayotgan "Xetafe"ning raqibi - mehmonda juda yomon ko'rsatkichga ega bo'lgan "Levante"dir. Ushbu bahsda klublarning imkoniyatlari teng emas. "Levante" so'nggi marta 4 yanvar kuni g'alaba qozongan, biroq faqat LaLiga haqida gapiradigan bo'lsak, ularning oxirigi muvaffaqiyati noyabrda kuzatilgan. "Qurbaqalar"ning g'alabasiz seriyasi 12ta o'yinga etdi. Ha, "Xetafe" so'nggi turda mag'lubiyatga uchradi, biroq o'yin mehmonda edi va "Real"dan gol o'tkazib yuborish deyarli har bir klubning peshonasida bor.



00:45. "Malaga" - "Barselona"

Turnir etakchisi musobaqaning eng kuchsiz klubi mehmoni bo'ladi. "CHelsi"ga qarshi muhim bahsdan oldin "Barselona"dan hujumda katta kuch kutish to'g'ri emas. "Barselona" "tejamkor" rejimda raqibni taslim etishga urinib ko'radi. "Malaga" bunday holatda hech narsa qila olmasa ham kerak. 15ta uchrashuvdan beri g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan klub Segunda haqida o'ylashni boshlaganiga shubha qilmaymiz.



LaLiga. "Qurol-aslahachilar" "Qirollik klubi"ga qarshi va bugungi boshqa o'yinlar


Qaysi kanallar bugungi o'yinlarni namoyish etadi?

17:00. "Eybar" - "Real" - Match! Futbol 3, UzReport

20:15. "Sevilya" - "Valensiya" - Match! Futbol 2, Futbol TV

22:30. "Xetafe" - "Levante".

00:45. "Malaga" - "Barselona" - Match! Futbol 3, Futbol TVскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram