Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 14:28 – Anri: "Borussiya" bilan bahsda rotaciya bo'ladi" 
  • 14:26 – "Atletik" hujumchisi Messi va Ramos natijasini takrorladi 
  • 14:26 – Evropa chempionlar ligasi. "Liverpul" va "Tottenxem" guruhdan chiqishi uchun qanday natija qayd etishi kerak? 
  • 13:14 – ECHL. Suares "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi 
  • 13:13 – Fekir nega "Liverpul"ga o'tmagan? 
  • 13:12 – "Bavariya" tarkibida jiddiy o'zgarishlar bo'ladi 
  • 13:12 – Evropa chempionlar ligasi. Bugungi o'yinlar uchun taxminiy tarkiblar 
  • 13:11 – Davide Astori o'limida ikki shifokor gumon qilinyapti 
  • 13:10 – Superliga-2018. Kim nechta gol urdi? 
  • 13:09 – Azar: "Doimo "Real"ni yaxshi ko'rganman" 

"Kelajagimiz umidlari" futbol festivali vodiydan boshlanadi

O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan mamlakatimizda bolalar va o'smirlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va futbolni ommalashtirish, istedodli bolalarni saralab olish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bolalar futboli murabbiylarini malakasini oshirish uchun xorijdan mutaxassislar taklif qilinyapti, turli yoshdagi bolalar o'rtasida futbol musobaqalari va festivallar tashkil etilmoqda.

2018 yilda butun respublika bo'ylab 1000ga yaqin chempionatlar, birinchiliklar, Kubok bellashuvlari, musobaqalar va festivallar o'tkazish rejalashtirilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

“Kelajagimiz umidlari” deb nomlangan futbol festivali 18 yanvardan boshlab butun vodiy bo'ylab start oladi. Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlaridan boshlanadigan ushbu festivalda har bir viloyatda 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan 400 nafardan bolalar qatnashadi.

Aytish kerakki, “Kelajagimiz umidlari” festivali vodiydan boshlanib, butun respublika bo'ylab davom etadi. Festival davomida ishtirokchilariga sovg'a sifatida to'plar, sport formalari taqdim qilinadi.
Quyida "Kelajagimiz umidlari" futbol festivali yanvar oyida qaysi hududlarda bo'lib o'tishi ko'rsatilgan:

Andijon viloyati – 18-21 yanvar

Farg'ona viloyati – 20-23 yanvar

Namangan viloyati – 20-23 yanvar

Xorazm viloyati – 27-30 yanvar

Qoraqalpog'iston Respublikasi – 28-31 yanvarскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram