Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:16 – Nazorat uchrashuvi: So'g'diyona 2-2 Oq tepa 
  • 15:06 – Transfer. MYU Aleksis uchun 28 mln. evroga bir futbolchini qo'shib beradi. U kim? 
  • 15:05 – O'zbekiston U-23 chorak finalda Yaponiya bilan o'ynaydi 
  • 13:52 – Obameyang "Borussiya" mashg'ulotlariga qaytdi 
  • 13:50 – Jalil Kimsanov: Futbolimizdagi islohotlarni qo'llab-quvvatlayman 
  • 13:50 – Sanches MYUga o'tishga rozi bo'ldi. Endi Mxitaryan "Arsenal" bilan shartnomaga rozilik berishi kerak 
  • 13:03 – Jerar Ulening "Liverpul"dagi falsafasi qanday bo'lgan? 
  • 12:51 – "Barselona". Maskeranoning transferi deyarli amalga oshdi, qolganlarda nima gap? 
  • 12:23 – Umid Ahmadjonov: "Terma jamoaning yangi murabbiyni ko'rgach, xalqimiz albatta xursand bo'ladi" 
  • 11:37 – "Arsenal" Obameyangni sotib olishiga shubha qilmayapti 

"Qizilqum" Navoiyda tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Yangi yil oldida qisqa tatilga chiqqan “Qizilqum” futbolchilari 8 yanvardan boshlab o'quv-yig'in mashg'ulotlarni boshlashdi.
Ayni kunda jamoa azolari Navoiy shahrida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishmoqda.

Jamoamiz tarkibidagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, o'tgan yili “Qizilqum”da to'p tepgan Otabek Zokirov,SHukurali Po'latov, Otabek Isroilov, Akram Bahriddinov va Ilhom Yunusov jamoa bilan xayrlashdi. Ayni paytda navoiylik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan Nemanya Yovanovich (Serbiya) va Grigoriy Kviseshvili (Gruziya) jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. SHuningdek, “Neftchi”dagi yorqin o'yinlari orqali ishqibozlar etirofiga sazovor bo'lgan posbon Evgeniy CHeremisin (Rossiya) ham “Qizilqum” ko'rigida bo'lib turibdi. Bundan tashqari, Eldor Boymatov (“SHo'rtan”), Sarvar Xolmatov (“Surxon”), Doniyor Usmonov (“Navbahor”), Navro'z Alimov (“Qo'qon-1912”), Alisher Sanoev (“Buxoro”) singari futbolchilar ham jamoamiz tarkibida shug'ullanmoqda. SHuningdek, o'tgan mavsumda o'rinbosarlar safida harakat qilgan iqtidorli mahalliy futbolchilar Suhrob Yarashev va Husniddin Fazliddinov asosiy tarkib azolari bilan birga. Jamoamizning tajribali legioneri turkmanistonlik Artur Gevorkyan yaqin kunlarda safga qaytadi. SHuningdek, yig'in davomida gruziyalik hujumchi ham jamoa tarkibiga kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Futbolchilarimiz 25 yanvarga qadar tayyorgarlikni Navoiyda davom ettirishadi. So'ngra o'quv-yig'in mashulotlari poytaxtimiz Toshkentda o'tkaziladi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram