Pyanich va Benatya chorak finalning dastlabki bahsida “Yuventus”ga yordam bera olishmaydi
- 08.03.2018, 17:27,
- Yangiliklar
- 0
793
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Xabaringiz bor kecha “Yuventus” Londonda UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida “Tottenxem”ni 2:1 hisobida taslim etdi va musobaqaning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ushbu bahsda turinliklar safida yarim himoyachi Miralem Pyanich va himoyachi Mexdi Benatyalar hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilishdi. Bu esa ushbu futbolchilarning musobaqadagi 3-ogohlantirishi bo‘ldi va ular shu tariqa EChLning 1/4 final dastlabki bahsida jamoasiga yordam bera olishmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining chorak finaliga 16 mart kuni qur’a tashlanadi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Sports.uz
Reyting:

- 0
