Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 23:40 – “Liverpul”​ yoshlari MYU yoshlarini ECHLdan chiqarib yubordi 
  • 23:35 – Pol Pogba “Sevilya”ga qarshi o'yinni zaxirada boshlaydi 
  • 23:35 – Gattuzo “Milan”ning eng katta muammosi haqida gapirdi 
  • 23:34 – Pepe: "Endi milliy chempionat haqida o'ylash kerak" 
  • 23:33 – O'FA “Navbahor”va “Bunyodkor” klublarini 500 million so'm jarimaga tortdi 
  • 23:31 – Raneri: "Birinchi bo'lib Mourinoga hujum qilganman, ammo keyin munosabatimiz joyiga tushgan" 
  • 20:59 – “Bunyodkor” BAAdagi yig'inini yakunladi 
  • 20:57 – Karikatura: "CHelsi" - "Barselona" uchrashuvi qanday o'tdi? 
  • 20:57 – Villian: "Kamp Nou"dagi bahs umuman boshqacha bo'ladi" 
  • 20:56 – Yumtiti "Barselona"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 

O'zbekiston terma jamoasiga kim keladi? Keyrush yoki van Marveyk?

Ayni kunlarda O'zbekiston milliy terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi haqida turli bahs-munozaralar qizg'in tus olgan.
"Milliy terma jamoamiz uchun xorijdan keladigan murabbiy deyarli tayyor. U Osiyo futbolini yaxshi tushunadigan, ishlagan terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan tajribali mutaxassis. Men 6 fevralda Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketaman. U erda murabbiy bilan shartnoma tuzamiz. Oldindan nimadir aytmay turganim maqul. Ammo o'sha murabbiyni ko'rgach, bundan xalqimiz albatta xursand bo'ladi. U hozirgi kunda terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy sanaladi", - dedi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusi chog'ida.

Xo'sh o'sha sirli xorijlik murabbiy kim? Bizda ikkita nomzod bor.
Saudiya Arabistoni terma jamoasini Rossiyadagi mundialga olib chiqqan gollandiyalik Bert van Marveyk ayni paytda ishsiz yuribdi. Biroq Osiyo futbolini u qadar yaxshi tushunmasa kerak deb o'ylaymiz. Sababi u qitada 2015 yildagina ish boshlagandi xolos.


Portugaliyalik Karlush Keyrush esa Eron terma jamoasini ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionatiga olib chiqdi. Keyrush 2011 yildan buyon Osiyoda ishlab kelmoqda. Bundan tashqari 1996 yilda Yaponiyaning "Nagoya Grampus" klubida bir mavsum davomida ishlagandi.



Katta ehtimol bilan aynan mana shu ikki murabbiydan biri O'zbekiston terma jamoasi bilan shartnoma tuzadi. Barchasi yaqin kunlarda hal bo'ladi va O'FF rasman yangi bosh murabbiy nomini elon qiladi. Qaysi murabbiy tayinlansa ham O'zbekiston terma jamoasini yangi darajaga olib chiqib 2022 yildagi Jahon chempionatiga olib chiqsa bas. скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram