Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:14 – Мойес: "Биз Луис Диаснинг трансферига яқин эдик" 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 

Ermatov nega derbini boshqarmaydi?

Bugun O'zPFL Superliganing 2-tur uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ro'yxatini malum qildi.
Unga ko'ra, turning markaziy uchrashuvi bo'lishi kutilayotgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" bahsini Ravshan Ermatov emas, balki SHerzod Qosimov boshqarib boradi. Albatta, nima sababdan Ermatovning Toshkent derbisiga qo'yilmagani muxlislar orasida o'ziga xos bahs-munozaralarni keltirib chiqardi.

Boshida o'zimiz ham hayron qoldik. Nahotki, Ermatov yana "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinga qo'yilmasa degan xayolga bordik. Lekin ko'p o'tmay barchasi malum bo'ldi. Gap shundaki, Ravshan Ermatov brigadasi bugun Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Al Rayan" bahsini boshqaradi. Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan uchrashuv bizning vaqt bilan 22:15da boshlanadi va "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.

Ermatov bugungi o'yinni o'tkazib ertaga yurtimizga qaytib keladi va 8 mart kuni bo'ladigan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" bahsida hakamlik qiladi. Keyin esa orada bir kun Toshkentda bo'lib, 9 mart kuni Dubayga uchib ketadi. Negaki shu kuni jahon chempionati o'yinlarini boshqarishi kutilayotgan hakamlar Dubayda jam bo'lib imtihon topshirishadi. "Bunyodkor" - "Paxtakor" bahsi 10 mart kuni o'tkazilishini hisobga olsak, tabiiyki Ermatov bu payt Toshkentda bo'lmaydi. SHu bois PFL Hakamlar qo'mitasi uni Navoiyda kechadigan o'yinga bosh hakam etib tayinladi.

X.Xoliqov.

Ermatov nega derbini boshqarmaydi?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram