Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

Bir uchrashuvda 10ta chetlatishni ko'rganmisiz? Kecha shunday bo'ldi (+VIDEO)

Yakshanba kuni Braziliyaning Baiya shtati chempionatida mahalliy "Vitoriya" va "Baiya" klublari o'zaro kuch sinashishdi.
Birinchi bo'lim asabiy o'tdi. Uchrashuvning birinchi qismida 1ta gol urildi va 6ta sariq kartochka ko'rsatildi.

Ammo eng qizig'i tanaffusdan so'ng boshlandi. 50-daqiqada "Baiya" yarim himoyachisi Vinisius Barboza penaltidan gol urdi va raqib jamoa muxlislari o'tirgan tribunaga qarab ularning jahlini chiqardi. "Vitoriya" futbolchilari esa jahli chiqqan ishqibozlarning o'rniga mushtlashuv amalsha oshirishdi.

Natijada - 15 daqiqalik janjal, 8ta chetlatish (3ta qizil kartochka mezbonlarga, 5tasi esa mehmonlarga).

Bahs davom etdi, biroq ko'p emas. Uchrashuv yakunlanishiga 11 daqiqa qolganida hakam "Vitoriya"ning yana ikki futbolchisini chetlatdi (5:5) va o'yin to'xtatildi.
Bir uchrashuvda 10ta chetlatishni ko'rganmisiz? Kecha shunday bo'ldi (+VIDEO)

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram