Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:00 – CHempionlik to'qnashuvi oldidan: "Paxtakor" futbolchisi "Loko"ni shohsupadan tushirmoqchi 
  • 11:59 – "Paxtakor" muxlislar klubi sardori: "Balki bugun yil o'yini" 
  • 11:59 – Ernesto Valverde: "Vidal bilan gaplashib oldim" 
  • 11:58 – Mourinyu: "Azarni MYUda ko'rishdan xursand bo'lardim" 
  • 11:58 – Pogba: "APL - eng qiziq chempionat" 
  • 11:57 – Karikatura: Neymar "Barselona"ga qaytmoqchimi?! 
  • 11:57 – Migel Velozu yana A Seriyaga qaytdi 
  • 11:56 – Antoni Marsyal MYU bilan shartnomasini uzaytirishni rad qildi 
  • 11:56 – Aleksis Sanches Mourinoning taktikalaridan norozi 
  • 11:55 – Edinson Kavani “Atletiko Madrid”ga o'tishi mumkin 

Aleksandr Lobanov: "Meni maqsadim, milliy terma jamoa bosh murabbiyining etiboriga tushish"

Toshkentning "Paxtakor" klubi ayni damda BAAda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. "SHerlar" darvozaboni Aleksandr Lobanov savollarimizga javob berdi.
- Yangi mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'ryapsizlar?

- Biz mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Umid qilamanki chempionat startini yaxshi boshlaymiz. Barcha futbol muxlislari va futbolchilar rasmiy o'yinlarni sog'indi.

- Hozir BAAda mashg'ulot o'tkazyapsizlar. O'rtoqlik o'yinlari rejalashtirilganmi, qaysi klublarga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazasizlar?

- Raqiblarni murabbiylar tanlashadi, biz kim bilan o'ynashimizga unchalik qiziqmaymiz. Igor Sergeev jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Ushbu bahsda yirik hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Bundan tashqari Emiratning yana ikki jamoasiga qarshi o'rtoq uchrashuvi o'tkazamiz.

- Sizningcha bu yilgi chempionat qay darajada qiziqarli bo'ladi?

- Bu yilgi chempionat bahslari avvalgilariga qaraganda qiziqarli o'tadi, deb o'ylayman. Musobaqa ishtirokchilari va chempionat formatiga o'zgartirish kiritildi. SHuning uchun ham har bir o'yinda jiddiy kurash kechadi. Bu esa chempionatimiz saviyasi o'sishi uchun yordam beradi. raqobat qanchalik kuchli bo'lsa futbol ham shunchalik tez o'sishga erishadi.

- O'zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy bo'ldi. Bunga qanday fikr bildirasiz?

- Avvalam bor Temur Kapadzega murabbiylik faoliyatida omad tilayman. Meni fikrimcha, undan yaxshi murabbiy chiqadi. Terma jamoada biroz ishlash imkoniyatini har kimga ham berishmaydi.

- Kecha MTJning vaqtinchalik bosh murabbiyi kengaytirilgan tarkibni elon qildi. Lekin terma jamoa tarkibidan siz o'rin olmadingiz. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Bu MTJda vaqtinchalik ishlayotgan bosh murabbiyining qarori. Meni maqsadim, milliy terma jamoa bosh murabbiyining etiboriga tushish. Bu haqida muhokama qilishni istamayman. Har kimni o'z qarashi bor.
Aleksandr Lobanov: "Meni maqsadim, milliy terma jamoa bosh murabbiyining etiboriga tushish"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Лобанов!!! ОЧЛ ўтиш баҳсидагидай гол қўйвораверсанг,сендан бошқасини чақирмайди.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram