MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
- 01.02.2020, 09:19,
- Yangiliklar
- 0
1 849
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Qishgi transfer oynasi yopilishiga sanoqli soatlar qolishiga qaramay MYU o'z safiga “SHanxay SHenxua” hujumchisi Odion Igaloni qo'shib olish niyatida.
Bu haqda jurnalist Fabricio Ramano o'zining Tvitterdagi sahifasida malum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, “qizil iblislar” vakillari 30 yoshli hujumchining agenti bilan kelishib olishga umid qilishayapti. Nigeriyalik futbolchining maosh borasidagi katta talablari vaziyatni biroz chigallashtirayotgani aytilmoqda.
Joriy mavsumda Igalo klubi safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi hisobida 10 ta gol bor. Futbolchining “SHanxay SHenxua” bilan shartnomasi 2021 yil yakuniga qadar tuzilgan. Afrikalik charm to'p ustasining transfer bozoridagi narxi 6,5 million evroni tashkil etadi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- -1
