Lempard: “Futbolchi sotib olishni istagandik, ammo...”
- 01.02.2020, 09:16,
- Yangiliklar
- 0
540
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Londonning “CHelsi” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempardning bayonotiga ko'ra, qishgi transfer oynasi vaqtida klub Dris Mertens (“Napoli”) yoki Edinson Kavaninii (PSJ) sotib olmaydi.
SHuningdek, murabbiy Olive Jiru ham sotilmasligini takidlab o'tdi.
Mertens va Kavanining transferi haqida gapirsam, biz uchun amalda transfer oynasi yopildi, shu bois jamoamizdan qaysidir futbolchining ketishi ham amalga oshmaydigan ish.
Transfer oynasi vaqtida faollik ko'rsatmaganimiz menga salbiy tasir qildi, deb aytolmayman. Futbol qanday ekanligini yaxshi bilaman. Bir qator masalalari mening vakolatimga kirmaydi. Birinchi navbatda men murabbiylik ishiga javob beraman.
Albatta, biz futbolchi sotib olishni istagandik. Men bu haqda bir necha marta gapirdim. Ammo bu amalga oshmadi”, deya Lempardning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- +1
