Anxel Di Mariya: "Ronaldu, Messi, Ibragimovich, Runi bilan bir jamoada o'ynash - orzu, ulardan eng zo'ri - Leo"
- 01.02.2020, 09:10,
- Yangiliklar
- 0
1 693
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
PSJ futbolchisi Anxel Di Mariya faoliyati davomida birga o'ynagan jamoadoshlari haqida gapirdi.
"Krishtianu, Messi, Ibra, Runi kabi futbolchilar bilan bir jamoada o'ynash - orzu. Ular bilan bir jamoada o'ynashimni orzularim olamiga sig'dira olmasdim.
Biroq ularning eng zo'ri - Leo. Ronaldu esa haqiqiy maxluq. Neymarning o'yinlaridan lazzat olish kerak. U braziliyalik bo'lgani uchun doimo o'yinlardan zavqlanadi.
Ibra - betakror. Uning xarakteri esa hech kimda yo'q. U ham Krishtianu kabi maydonda va uning tashqarisida ham ajoyib inson. U bilan oldinga katta qadamlar tashlayotgandim.
Runi esa juda kamgap. SHunday bo'lsa ham u juda kuchli o'yin ko'rsatadi.
Ushbu futbolchilardan birini tanlash juda qiyin. SHu boisdan Messini alohida ajratib ko'rsata olaman", - dedi Di Mariya.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
