Alirizo Beyranvand legionerga aylanadi
- 29.01.2020, 18:12,
- Yangiliklar
- 0
276
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
"Persepolis" darvozaboni Alirizo Beyranvand yozda Belgiyaning "Antverpen" klubiga o'tadi.
Belgiyaning top-klubi Beyranvand bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Transfer narxi esa 700.000 evroni tashkil etadi.
Eronlik darvozabon yangi jamoasi tarkibiga yozda borib qo'shiladi va "Antverpen"da Sinan Bolatning o'rnini egallaydi.
Eron terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Mark Vilmots "Antverpen"ga darvozabonni taklif etgan.
Tajribali darvozabon "Persepolis"ning so'nggi 3 yil ichidagi asosiy futbolchilaridan biri bo'ldi va "qizillar"ga uch bor Eron chempionatini yutishida katta yordam berdi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
