"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Haqli ravishda g'alaba qozondik"
- 29.01.2020, 18:10,
- Yangiliklar
- 0
273
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Kecha bo'lib o'tgan "Al Ayn" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi OFK saytiga intervyu berdi.
Malumki, Osiyo chempionlar ligasining hal qiluvchi pley-off bosqichida "Bunyodkor" safarda "Al Ayn" mehmoni bo'lib, kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Natijada amirlik futbolchilari OCHL guruh o'yinlariga yo'l olishdi.
O'yindan keyin mezbon jamoa bosh murabbiyi Pedro Emanuel shunday dedi:
- "Biz bahsni juda yaxshi o'tkazdik, futbolchilar butun o'yin davomida ehtiyotkorlikni yo'qotishmadi. Birinchi bo'limdayoq gol urishga harakat qildik, biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa omadimiz keldi. Haqli ravishda g'alaba qozondik".
- "O'ylaymanki, Osiyo chempionlar ligasi guruh bahslarida bizni yanada ko'proq muxlislar qo'llab-quvvatlashadi. Endi birinchi qadamni tashladik, sayohatning oxiri yaxshi yakun topadi deb umid qilamiz".
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
