Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

Gvardiolani qiyin axvolda qutqargan va UEFA murabbiylik kurslarida tahsil olayotgan 19 yoshli Erik Garsiya haqida

Pep uni Buskets bilan solishtirgan.
Himoyachi Erik Garsiya "Man Siti" tarkibida ushbu mavsumga qadar biror bir jiddiy musobaqada maydonga tushmadi. Kubokda, yoshlar tarkibi tushirilganda, bir-ikkita o'yin va asosiy jamoa zaxirasidagi bir nechta uchrashuv. Bu mavsum Pep Gvardiola himoyadagi muammolar tufayli ham 19 yoshli ispaniyalikni jiddiy to'qnashuvlarda ham maydonga tushirmoqda. 9 yanvar kuni 19 yoshini qarshilagan Garsiya APLda 6 (ularning 2tasi asosiy tarkibda), 1ta ECHLda va Kubok Ligasida 3 bor maydonga tushdi.

Pep "Uotford" qanday taktik sxemadan foydalanishi borasida ikkilanib turgandi. CHigalyozdi mashg'ulotlaridan so'ng, 18 yoshli futbolchi Pepning oldiga keladi va raqib 4 ta himoyachi bilan o'ynashini aytadi. Ana o'shanda Garsiya haqida ilk bor gapira boshlashgandi.

O'yindan keyin Gvardiola: "U o'ta aqlli yigit. Erik deyarli hamma narsani biladi va barcha narsaga etibor beradi. Bugun biz raqib tarkibi borasida ikkilanayotgandik, Kike 4 nafar himoyachi bilan o'ynaydimi yoki 5? Aniq bila olmagandik. Erik chigalyozdi mashg'ulotidan so'ng oldimga keldi va ular bazi mashqlarni bajarishganini, 4 himoyachi bilan harakat qilishlarini aytdi. Boshqa hech kim bunga etibor bermagan va hech kim menga buni aytmagandi. U biz ikkilanayotganimizni sezgandi".

Lekin bu uning yagona ijobiy jihati emas.

Gvardiola uni Buskets bilan solishtiradi: faqatgina u shunday qiziquvchan edi

Gvardiola "Port Veyl" bilan o'yindan avval Erikning sinchkovligidan mamnunligini aytgandi va uni bu borada faqatgina Buskets bilan taqqoslash mumkinligini takidlagan.

"Faqatgian Serji shunday qiziquvchan edi va barcha narsani bilishni istardi. 17 yoki 18 yosh — bu anchayin erta. Jamoada turli narsalarga qiziqib, barchasini mukammal bilishni istaydiganlar va buni xohlamaydiganlar bor. Lekin Erik doim bir savol bilan yuzlanadi "nega". Nega, nega, nega? U xato qilib qo'ysa, barchasini tezda tushunib oladi. Albatta, u bundan keyin ham xato qiladi.



Biroq jamoada stabil o'ynashni biladigan yigit bo'lsa, bu markaziy himoyachi uchun muhim jihat, bu ajoyib. Erik o'z poziciyasida maydonga tushish uchun navbatda yo ettinchi, yoki sakkizinchi, u qandaydir kosmik futbol ko'rsatmas, lekin yosh futbolchi uchun juda muhim jihat, u muntazam hamda ko'p xatoga yo'l qo'ymaydi".

Futbolchi o'z navbatida murabbiy haqida shunday deydi: "Gvardiola bilan siz ko'p narsani o'rganasiz. U har kuni yangi nimadir o'rgata oladi. U o'ziga xos murabbiy".

Futbolchi professinal faoliyati bilan birgalikda murabbiylikka ham o'qimoqda va bolalar bilan ishlaydi. Yaqinda murabbiy sifatida xalqaro licenziyani qo'lga kiritadi

Garsiya UEFAning B licenziyasi uchun ikkita kirish kursida o'qib ulgurdi. Bu xalqaro licenziyalar ichida eng soddasi, lekin nima bo'lsada, xalqaro licenziya: Garsiya hozirning o'zida xavaskor erkaklar jamoasi bosh murabbiyi, U16 yoshlar jamoasi bosh murabbiyi va yoki professional klub bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlashi mumkin.

"Siti" o'zining barcha yosh futbolchilariga shu kabi kurslarda o'qish imkoniyatini yaratib bergan, lekin faqatgina Garsiya va 17 yoshli darvozabon Gevin Bezunu undan foydalanishdi. Ular bo'sh vaqtlarida o'smirlar jamoasi U11 murabbiyiga yordam berishmoqda.

"Men bolalar bilan 6ta mashg'ulot o'tkazishim kerak, keyin haftada bir marta o'qituvchi bilan darsga kiraman. Va meni baholab borishadi. Birinchi kurs – umumiy, ikkinchisi qiyinroq bo'ladi. U erda kichik detallar ko'proq bo'ladi, psixologik va taktik jihatlarga ham yaxshiroq etibor berish talab qilinadi. Va siz kimni istasangiz shug'ullantirishingiz mumkin", – deydi The Athletic Garsiya.

Erik – "Barsa" tarbiyalanuvchisi. Akademiyaning barcha yosh toifasidagi jamoalarida sardor bo'lgan. "Siti"ga 2017 yil kelib qo'shilgan

Garsiya – "Barselona" tarbiyalanuvchisi, 2017 yilda "Siti" akademiyasiga ko'chib o'tgan, asosiy jamoadagi debyut o'yinini Liga Kubogi doirasida "Lester"ga qarshi uchrashuvda o'tkazgan. Himoyachining kumiri – argentinalik Xaver Maskerano.

Katalon klubi direktori Patrik Klyuyvert yigitchani qaytarish haqida ham jiddiy o'ylash vaqti kelganini aytgandi ("Eshiklarimiz doim ochiq"), "Siti" esa o'z navbatida futbolchi bilan shartnomani uzaytirish harakatida (vaholanki amaldagi kelishuv yana ikki yarim yil davom etadi).



"Men u haqida "Barselona" akademiyasidayoq eshitgandim. U barcha yoshdagi jamoalarda sardor bo'lgan, bu erga keldi va bu erda ham jamoa sardoriga aylandi. Jamoaga tez moslasha oldi: u ajoyib yigit, yaxshi talim olgan, nima qilishi kerakligini aniq biladi. Doim hotirjam va diqqatini jamlay oladi. Na keraksiz tortinish, na ortiqcha o'zini ko'rsatish harakatlari yo'q unda", – degandi Garsiya haqida Pep.

Gvardiolani qiyin axvolda qutqargan va UEFA murabbiylik kurslarida tahsil olayotgan 19 yoshli Erik Garsiya haqida
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram