RASMIY XABAR. Ravshan Ermatov - O'FA Birinchi vice-prezidenti
- 14.06.2019, 20:34,
- Yangiliklar / muhim
- 0
453
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Bugun O'FA rahbariyatida o'zgarish sodir bo'ldi.
FIFA hakami Ravshan Ermatov O'FA Birinchi vice-prezidenti etib saylandi.
Ravshan Sayfitdinovich Ermatov 1977 yil 9 avgust kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Futbolchi sifatida Toshkent viloyatining "G'azalkent" klubida o'ynagan. Og'ir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlab hakamlikka o'tgan. 2003 yil 25 yoshida FIFA hakamiga aylangan.
Besh marta Osiyo qitasining eng yaxshi hakami deb topilgan. "O'zbekiston Iftixori" ko'krak nishoni, "El-yurt xurmati" va "Buyuk xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangan.
Ravshan Ermatov Jahon chempionati final bosqichida eng ko'p o'yin boshqargan hakam hisoblanadi. U mundialda 11ta o'yinda bosh hakam bo'lib ishlagn. Futbol tarixida dunyodagi hech qaysi hakam bunday natijaga erisha olmagan.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik Jo'raev Muhiddin O'tkirovich esa O'FA vice-prezidenti sifatida saylandi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
