Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:00 – CHempionlik to'qnashuvi oldidan: "Paxtakor" futbolchisi "Loko"ni shohsupadan tushirmoqchi 
  • 11:59 – "Paxtakor" muxlislar klubi sardori: "Balki bugun yil o'yini" 
  • 11:59 – Ernesto Valverde: "Vidal bilan gaplashib oldim" 
  • 11:58 – Mourinyu: "Azarni MYUda ko'rishdan xursand bo'lardim" 
  • 11:58 – Pogba: "APL - eng qiziq chempionat" 
  • 11:57 – Karikatura: Neymar "Barselona"ga qaytmoqchimi?! 
  • 11:57 – Migel Velozu yana A Seriyaga qaytdi 
  • 11:56 – Antoni Marsyal MYU bilan shartnomasini uzaytirishni rad qildi 
  • 11:56 – Aleksis Sanches Mourinoning taktikalaridan norozi 
  • 11:55 – Edinson Kavani “Atletiko Madrid”ga o'tishi mumkin 

21 yil oldin yuborilgan xat. Fergyusondan Kantonaga yo‘llangan samimiy dil so‘zlar

Qadrdonim Erik,

Mana, sen bilan bo‘lgan oxirgi suhbatimizga ham ancha bo‘ldi. Shundan beri senga bo‘lgan hurmatimni qog‘ozga tushirish istagi meni tinch qo‘ymaydi...

Mashg‘ulotlarni qayta ishlab chiqqanimizdan keyin ham men sening qaytishingga ishonib yashadim, biroq ich-ichimdan buning ehtimoldan yiroq ekanligini ham his qilardim.

Mottram (Manchesterdan 30 daqiqali yo‘ldagi joy)da ko‘rishganimizda sening ko‘zlaringga qarab turib, “Manchester Yunayted”dan ketishim kerak, degan ma’noni o‘qidim. Men hali ham ishlardan sal chalg‘ib, dam olish kunlarida otang bilan bunday muhim qaror xususida bafurja gaplashib ko‘rishing tarafdori edim.

Senga bir maslahat berishni va buni doimo yodda tutishingni istardim: har doim o‘zingning hozirgi holatingni saqlab qol va faol hayot tarzini olib borishga intil.

Haligacha eslayman, 32 yoshimda futbolchilik faoliyatimni yakunlab, murabbiylikka sho‘ng‘ib ketgan edim. Futbolchilarni shug‘ullantirishga shu qadar berilib ketdimki, jismoniy holatimga umuman e’tibor bermay qo‘ydim. Bir mahal olti yildan keyin qay ahvolga tushib qolishim mumkinligi haqidagi dahshatli o‘y xayolimdan o‘tdi. Va jismoniy holatimni tiklash uchun yana o‘z ustimda ishlay boshladim. Mening holatim senga dars bo‘lsin, jismoniy holatingni hech qachon yo‘qotma.

Ishonchim komil, sen faoliyatimizni kuzatib yuribsan. O‘zingga ma’lum, erishayotgan muvaffaqiyatlarimiz chakki emas. Xabaring bor, sening o‘rningga Teddi Sheringem bilan shartnoma tuzdik, lekin bu erga moslashish unga qiyinlik qilyapti, chunki “Tottenxem”dagi erkinligini bu erda topa olmayapti. Ba’zida futbolchilar bizning klub darajasida o‘ynashning mashaqqatini to‘g‘ri baholay olishmaydi. Har bir o‘yin kubok finali uchun jangga o‘xshaydi. Bir kun kelib uning moslashib ketishiga umid qilaman.

Mavsum oldi tur biz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Uzoq Sharq bo‘ylab o‘tgan turne kutganimizdan ham omadli o‘tdi, Milanning “Inter” jamoasiga qarshi o‘yinimiz ham maqtansa arzigulik darajada o‘tdi. “Charity Shield”

(hozirgi Community Shield) sovrini uchun bo‘lgan o‘yinlarni zo‘r o‘tdi deb aytish qiyin, lekin har holda biz o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida bo‘lsa-da, g‘alaba qozondik va “Chelsi”ga qaraganda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik.

Mavsum oxirida bizga ekstra-klass darajasidagi bombardir kerakligi haqida suhbalatlashganimiz yodingdami? Bu o‘rin biz uchun har doim muammo bo‘lgan, chunki moliyaviy masalada ahvolimiz chatoq. Lekin eng yaxshi o‘yinchilarni saralab olishimiz shart, aks holda, hozirgi o‘rnimizga da’vogarlar topilishi mumkin.

Balki yoshroq bo‘lganimda bu masalaga boshqacharoq yondoshardim. “European Cup” (Chempionlar ligasi) men uchun armon bo‘lib qoldi, bu esa menga juda alam qiladi. Ammo men hech qachon o‘z o‘yinchilarimdan kechmayman va ularga har doim har qanday vaziyatda ishonaman. Yana men ishonamanki, bir kun kelib yosh Kantonani, orzuimni uchrataman.

Maktubim ham o‘z nihoyasiga etmoqda, biz esa sen bilan hali yana uchrashamiz va dildan suhbatlashamiz. Klub senga yaqinda bo‘ladigan kechki ovqat haqida yozganligidan xabarim bor, lekin asosiysi bu emas. Shuni yana bir marotaba takrorlab aytaman: sen “Manchester Yunayted”ning faxri eding, sen bilan shug‘ullanish men uchun sharaf edi. Men buni hech qachon yoddan chiqarmayman. Ishonamanki, senga bo‘lgan hurmatim munosib javob oladi.

Yo‘ling tushib, biznikiga kirib o‘tishni xohlasang, sening tashrifingdan mamnun bo‘lamiz. Erik, sen endi mening tarbiyalanuvchim emassan, biroq istagan vaqtingda menga murojaat qilishing mumkin, yordamimni ayamayman. Do‘sting borligini unutmaysan, deb umid qilaman.

Omad. Salomat bo‘l.

Hurmat bilan Aleks Fergyuson



18 avgust 1997 yil



Saodat Abdurahmonova tarjimasi
21 yil oldin yuborilgan xat. Fergyusondan Kantonaga yo‘llangan samimiy dil so‘zlar
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Sports.uz
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram