Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:19 – Fabregas: Messi “Barselona”da o'ynar ekan, ular favorit bo'lib qolaveradi 
  • 09:18 – Muhammad Salah: Ko'plab golli vaziyatlarni qo'ldan boy berdim 
  • 09:16 – Gari Kexill “Barselona” bilan o'yin haqida: “CHelsi”ga juda qiyin bo'ladi 
  • 08:43 – Nolito: “Sevilya” MYUni mag'lub etishga urinib ko'radi 
  • 08:42 – Jakomo Bonaventura: “Milan” to'g'ri yo'nalishda harakatlanmoqda 
  • 08:42 – Yupp Xaynkes: “Beshiktosh”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak 
  • 08:41 – Eden Azar: Barchamiz Konteni qo'llab-quvvatlaymiz 
  • 08:41 – Angliya kubogi. Sensaciya! “Manchester Siti” Angliya uchinchi divizioni vakiliga mag'lub bo'ldi va kubokni tark etdi 
  • 08:40 – “Real” Ektor Belerinni nishonga oldi 
  • 08:39 – Karikatura: Messi revansh olmoqchi 

Apennin yarim orolidagi futbol fabrikalari mahsuloti

Italiyaning taniqli nashrlaridan biri Corriere Dello Sport muharrirlari Ettore Intorchya, Alessandro Mita va Fabio M. Splendore A va B Seriya klublarining mavsum uchun e’lon qilgan futbolchilar ro‘yxatini o‘rganishdi va kim qaysi akadmiyadan chiqganligini statistikasini o‘tkazishdi. Natijaga qaraganda ikki italyan divizionida jami 734 futbolchi u yoki bu Italiyadagi “futbol fabrikalari” tarbiyalanuvchilari sanalishadi.

Natijaga qaraganda B Seriya klublari bu borada “akasidan” ortda qolmoqda – ro‘yxatdagi har bir beshinchisi (22.3 % futbolchi) akademiyani bitirgan. A Seriya jamoalaridan esa har bir ikkinchisi (52.1% futbolchi). Ro‘yhatning to‘rtdan bir qismi (25.6%) – bu quyiroq divizion vakillari akademiyasi tarbiyalanuvchilaridir. Misol uchun “Rondinella”dan Andrea Bardzali. Ta’kidlab o‘tish kerakki, A seriyada 35.7% futbolchilar to‘p surishadi. Qolgan asosiy qismi esa B Seriyada to‘p suradi. B Seriyada yosh avlodni etishtirish borasida namuna bo‘la oladigan klublar sirasiga “Breshiya” (20 futbolchi), “Empoli” (18) va “Peskara” (16). Hozirgi kunda “Breshiya” tarkibida 8 futbolchi aynan shu klub tarbiyalanuvchisi sanaladi. Ammo A seriyada breshiyaliklarni qidirsak xam topa olmaymiz. Chunki yo‘q. “Empoli” bu borada ozgina ortda (5) Lekin toskanaliklarning 6 nafari A seriyada to‘p suradi. “Peskara”da to‘rtta va shunchasi A seriyada to‘p suradi. Eng yomon natija mashhur “Pro Verchelli”da. Italiyaning etti karra chempioni B seriyada ishtirok etsa ham tarkibida bironta o‘zining “mahsuloti” yo‘q. A seriyaning eng “ziqna” akademiyasi – “Sassuolo”: ularning barcha besh nafar tarbiyalanuvchisi yuqoridivizionda neroverdilar safida to‘p suradi. O‘xshash vaziyat “Benevento” klubida. Jamoaning ikki a’zosi o‘zining akademiyasidan chiqqan. Eng “sahiy” akademiyalardan bir bu “Fiorentina” klubiniki – 12 futbolchi A seriyada to‘p suradi va ulardan faqatgina Federiko Keza “binafsharanglilar” safida to‘purarlardan biri bo‘lib turibdi.



O‘tgan mavsumda Italiya chempionatida italyan “Lester”iga aylanishiga ozgina qolgan “Atalanta” 32 nafar tarbiyalanuvchisi bilan umumiy ro‘yxatning 5 o‘rindan joy olgan. Ulardan 15 futbolchi yuqori divizonda to‘zp sursa, uchdan bir qismi bergamoliklarning o‘zida to‘p suradi. Turinlik “keksa senora” kuchli uchlikdan joy oldi: 37 tarbiyalanuvchi, 14 nafari A seriyada va faqatgina 4 futbolchi Massimiliano Allegri qo‘l ostida to‘p surmoqda. Ro‘yhatning eng yuqori o‘rinlarida 40 nafardan tarbiyalanuvchisiga ega “Roma”, “Milan” va “Inter” turibdi. Neradzurrilarning 40 tarbiyalanuvchisidan 15 tasi A seriyada va 3 futbolchi “Inter” tarkibida qolgan.



Umuman olganda rossonerilarning 43 bitiruvchisidan 8 futbolchi akademiyadan chiqib, ayni vaqtda klub tarkibida bo‘lsa 16 nafari A seriyada boshqa klublarda to‘p surmoqda. Rimliklar “qizil-qoralar” rekordini takrorlamoqda. Ammo “Milan”ga qaraganda A seriyada ikki barobar kamroq futbolchi Rimda to‘p surmoqda.

Apennin yarim orolidagi futbol fabrikalari mahsuloti
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Sports.uz
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram