Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 17:20 – "Barselona" 9-raqamni izlamoqda 
  • 17:19 – "Barselona"ning yana bir himoyachisi jarohat oldi 
  • 17:18 – Useyn Bolt doping-test topshirishi kerak 
  • 16:07 – Matteus: "Ter SHtegen Germaniyaning birinchi darvozaboni bo'lishga haqli" 
  • 16:06 – Gattuzo ijaraga olingan "CHelsi" futbolchisini qaytarib yubormoqchi 
  • 16:01 – Ibragimovich "Milan"ga o'tadimi? Rayola bu haqida malumot berdi 
  • 15:59 – Koselni: "JCH-2018da Franciya terma jamoasiga mag'lubiyat tilagan edim" 
  • 15:58 – Jovanni Simeone: "Har bir argentinalik otamni terma jamoada ko'rishni istaydi" 
  • 15:58 – Azar: "Agar jamoa 5 daqiqa to'psiz qolsa, Sarri "g'azab otiga minadi" 
  • 15:56 – Qatar bosh murabbiyi: "Fikru-xayolim O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan" 

OCHL. G'arb mintaqasida 1-turga yakun yasaldi

Kecha bo'lib o'tgan to'rtta uchrashuvdan so'ng Osiyo chempionlar ligasining G'arb mintaqasida 1-tur bahslariga yakun yasaldi.
Bugun SHarq mintaqasida dastlabki tur bahslari davom ettiriladi. Quyida 1-tur natijalarini yana bir karra yodga olib o'tamiz.

"A" guruhi
"Al Jazira" (BAA) - "Al Garafa" (Qatar) 3:2
"Traktorsozi" (Eron) - "Al Ahli" (S.Arabistoni) 0:1

"B" guruhi
"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Vahda" (BAA) 5:0
"Al Duhayl" (Qatar) - "Zobahan" (Eron) 3:1

"S" guruhi
"Persepolis" (Eron) - "Nasaf" (O'zbekiston) 3:0
"Al Vasl" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar) 1:2

"D" guruhi
"Al Rayan" (Qatar) - "Istiqlol" (Eron) 2:2
"Al Hilol" (S.Arabistoni) - "Al Ayn" (BAA) 0:0



Ko'rib turganingizdek, eng yirik hisob "Lokomotiv" - "Al Vahda" bahsida qayd etilib, bunda "temiryo'lchilar" yirik 5:0 hisobida zafar quchishdi. Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir klub "Nasaf" esa afsuski, "Persepolis" bilan kechgan bahsda 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

To'rtta guruhda bo'lib o'tgan sakkizta o'yindan to'rttasida maydon egalari, ikkitasida mehmonlar zafar quchishdi. Yana ikkita bahs durang natija bilan yakun topdi. Uyda o'ynaganlardan "Al Jazira", "Lokomotiv", "Al Duhayl" va "Persepolis" ilk turda uch ochkolik bo'lgan bo'lsa, "Al Ahli" bilan "Al Sadd" safarda g'alaba qozonishni uddaladi. "D" guruhidagi ikkita o'yin ham durang natija bilan yakun topdi.

Malumot uchun, bu yilgi OCHL guruh bahslarida BAA, Qatar va Erondan to'rttadan jamoa, Saudiya Arabistoni bilan O'zbekistondan esa ikkitadan jamoa ishtirok etyapti. 1-turdan so'ng eng ko'p ochkoni Qatar klublari jamg'arishdi - 7 ochko. BAA, Eron va Saudiya klublari to'rt ochkodan to'plashdi. O'zbekiston klublari hisobida esa "Lokomotiv"ning g'alabasi evaziga uch ochko bor.

Keyingi haftaning dushanba-seshanba kunlari G'arb mintaqasida 2-tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.

"A" guruhi. 19 fevral
20:00. "Al Garafa" - "Traktorsozi"
22:10. "Al Ahli" - "Al Jazira"

"B" guruhi. 19 fevral
17:30. "Zobahan" - "Lokomotiv"
19:50. "Al Vahda" - "Al Duhayl"

"S" guruhi. 20 fevral
18:00. "Nasaf" - "Al Vasl"
20:30. "Al Sadd" - "Persepolis"

"D" guruhi. 20 fevral
20:10. "Al Ayn" - "Al Rayan"
20:30. "Istiqlol" - "Al Hilol"
OCHL. G'arb mintaqasida 1-turga yakun yasaldi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram