Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 17:20 – "Barselona" 9-raqamni izlamoqda 
  • 17:19 – "Barselona"ning yana bir himoyachisi jarohat oldi 
  • 17:18 – Useyn Bolt doping-test topshirishi kerak 
  • 16:07 – Matteus: "Ter SHtegen Germaniyaning birinchi darvozaboni bo'lishga haqli" 
  • 16:06 – Gattuzo ijaraga olingan "CHelsi" futbolchisini qaytarib yubormoqchi 
  • 16:01 – Ibragimovich "Milan"ga o'tadimi? Rayola bu haqida malumot berdi 
  • 15:59 – Koselni: "JCH-2018da Franciya terma jamoasiga mag'lubiyat tilagan edim" 
  • 15:58 – Jovanni Simeone: "Har bir argentinalik otamni terma jamoada ko'rishni istaydi" 
  • 15:58 – Azar: "Agar jamoa 5 daqiqa to'psiz qolsa, Sarri "g'azab otiga minadi" 
  • 15:56 – Qatar bosh murabbiyi: "Fikru-xayolim O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan" 

"Nasaf"ga ikkita gol urgan Ali Alipur terma jamoaga chaqirildi

Kecha Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan "Persepolis" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi va bunda mehmonlar 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
O'yinda "Nasaf" darvozasiga ikki bor to'p kiritgan Ali Alipur Eron milliy terma jamoasiga taklif etildi. Bu haqda persianfootball.com sayti xabar bermoqda. Eronlik muxbirlarning yozishicha, 22 yoshli hujumchi ilk bor terma jamoa libosida o'ynaydi. Uning oxirgi paytlarda ko'rsatayotgan o'yini bosh murabbiy Karlush Keyrushga yoqib qolgan va shu bois ham Alipurni sinab ko'rmoqchi.

Alipur kechagi uchrashuvda o'zidan iliq taassurot qoldirdi va hujumchi qanday bo'lishi kerakligini bitta o'yindayoq ko'rsatib qo'ydi. Malumot uchun, bu futbolchi katta futboldagi faoliyatini 2011 yil "Nassaji Mazandaran" klubida boshlagan. U 16 yoshga to'lgan payt o'z debyutini nishonlagan.

Ali Alipur 2015 yil "Persepolis"ga ko'chib o'tadi va "Istiqlol" bilan kechgan bahsda to'p kiritib, bu ikki jamoalar o'rtasidagi bellashuvda gol urgan eng yosh futbolchiga aylanadi. O'shanda u 19 yoshda edi. Alipur hozir Eron chempionatida 17ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda.
"Nasaf"ga ikkita gol urgan Ali Alipur terma jamoaga chaqirildi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram