Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 11:58 – Gattuzo "Milan"ning "Inter"dan kuchli tomonini aytdi 
  • 11:57 – Pike: "Messining jarohatidan tashvishlanmasa ham bo'ladi" 
  • 11:56 – "Real" qishda transfer qilinadigan ilk ikki futbolchini aniqlab oldi 
  • 11:55 – Valverde Kroyffdan o'tib ketdi 
  • 11:55 – 23ta o'yindan so'ng "Paxtakor" yana o'z maydonida "Loko"ga mag'lub bo'ldi 
  • 11:54 – "Liverpul" o'zining eng yaxshi startini takrorladi 
  • 10:42 – Lineker Messini maqtadi 
  • 10:34 – Messisiz "El Klasiko" oxirgi marta qachon bo'lgandi? 
  • 09:50 – Peres Lopetegini “Viktoriya” bilan o'yingacha istefoga chiqarmaydi 
  • 09:45 – Zidan va Ronaldu "Qirollik klubi" "toji"ni olib ketdi (Karikatura) 

Koutino Portugaliya pasportini olib, "Barselona"ga yana bir legioner uchun yo‘l ochishi mumkin

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino yaqin kunlarda Portugaliya pasportini olishi mumkin.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda braziliyalik futbolchining rafiqasi Portugaliya fuqarosi hisoblanadi va ular 3 yildan buyon rasmiy nikohda yashab kelishmoqda. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra esa er yoki xotindan biri Portugaliya fuqarosi hisoblansa ular o‘z istagiga ko‘ra fuqarolik uchun da’vo qilishi mumkin.

Agar Koutino Portugaliya pasportini qo‘lga kiritsa, “Barselona” uchun Evropa ittifoqi mamlakatlari futbolchilaridan tashqari bo‘lgan futbolchilar uchun ajratilgan limitda yana bir bo‘sh o‘rin paydo qilishi mumkin. La Liga qonunchiligida bir jamoada Evropa ittifoqidan bo‘lmagan ko‘pi bilan 3ta legioner o‘ynashi mumkin. “Barselona”da esa bu limitni ayni damda Koutino, Paulino hamda Yerri Minalar band qilib turishibdi.
Koutino Portugaliya pasportini olib, "Barselona"ga yana bir legioner uchun yo‘l ochishi mumkin
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Sports.uz
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram