Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 14:49 – Agar Beyl maydonga tushsa, Uels terma jamoasi xitoyliklardan 1 mln. funt oladi 
  • 13:34 – Aspilikueta: "Inestani "Stemford Brij"da iliq kutib olishadi deb o'ylamayman" 
  • 12:46 – Konte: "Barselona"ga qarshi bahs uchun "CHelsi"ning rejasi bor" 
  • 12:45 – "CHelsi" - "Barselona". Kataloniyaliklar "Stemford Brij"da rasmiy mashg'ulot o'tkazishdi (FOTO) 
  • 12:16 – "CHelsi" - "Barselona". Ushbu uchrashuv haqida bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar 
  • 12:11 – OCHL. Bugun "Nasaf" boshlab beradi va boshqa o'yinlar 
  • 12:10 – Ballak: "Murabbiy barcha futbolchilarga birdek munosabatda bo'lmasligi kerak" 
  • 12:10 – "Uigan" murabbiyi bilan janjallashgan Gvardiola o'yindan so'ng nimalar dedi? 
  • 12:09 – "Barselona" "Ayaks"ning biryo'la 4 nafar yosh o'yinchisiga qiziqmoqda. Ular orasida Klyuvert ham bor 
  • 12:09 – Lukas Moura: “Tottenxem” ECHLni yutishi mumkin 

Odil Ahmedov: "Jamoamiz chempion bo'lish yo'lida"

Safarda "Kavasaki Frontale" jamoasi mehmoni bo'lgan "SHanxay SIPG" OCHLning 1-tur uchrashuvida 1:0 hisobida g'alaba qozonib ortga qaytadigan bo'ldi.
Uchrashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi sardori va "SHanxay SIPG" yarim himoyachisi Odil Ahmedov bilan bog'landik.

O'yin qiyin bo'ldi. OCHLdagi g'alaba, ayniqsa u safarda qo'lga kiritilgan bo'lsa, uning qiymati yanada oshadi. Muhimi zafar quchdik, - deydi Ahmedov.

- CHempionat oldi jiddiy o'zgarishlar bo'lmadi, murabbiyni hisobga olamasa albatta. Muxlislar jamodan bu yil yanada yaxshiroq natija kutishi mumkinmi?
- Mahalliy futbolchilar va legionerlar bilan deyarli o'zgarish bo'lmadi. Jamoaning o'zagi saqlab qolgan. Bu yil bir-birimizni avvalgisidan ko'ra ko'proq va yaxshiroq tushunamiz deb o'ylayman. Bugungi g'alabada ham shu omil rol o'ynadi deb aytgan bo'lardim.

- Villash-Boash sizni chempionatda ham asosiy tarkib azosiga aylantirgan edi, yangi murabbiy Vitor Pereyra bilan til topisha oldingizmi?
- Murabbiy betaraf, o'zaro tushunchamiz bor. Ikki oyga yaqin vaqt birga ishladik, hammasi joyida.

- CHempionatda qanday yangiliklar bor, asosiy raqib o'sha-o'sha "Guanchjou" jamoasi bo'lib qolayapti...
- Yana 2-3ta juda yaxshi jamoalar bor. Xitoyda mavsum oldidan bashorat qilib bo'lmaydi. Deyarli barcha jamoalarning kuchi teng. Oldimizga uch musobaqaning (Xitoy Superligasi, mamlakat kubogi, OCHL) barchasida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qo'yilgan. Qiyin, lekin uddalasa bo'ladi.
Odil Ahmedov: "Jamoamiz chempion bo'lish yo'lida"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram