Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 11:58 – Gattuzo "Milan"ning "Inter"dan kuchli tomonini aytdi 
  • 11:57 – Pike: "Messining jarohatidan tashvishlanmasa ham bo'ladi" 
  • 11:56 – "Real" qishda transfer qilinadigan ilk ikki futbolchini aniqlab oldi 
  • 11:55 – Valverde Kroyffdan o'tib ketdi 
  • 11:55 – 23ta o'yindan so'ng "Paxtakor" yana o'z maydonida "Loko"ga mag'lub bo'ldi 
  • 11:54 – "Liverpul" o'zining eng yaxshi startini takrorladi 
  • 10:42 – Lineker Messini maqtadi 
  • 10:34 – Messisiz "El Klasiko" oxirgi marta qachon bo'lgandi? 
  • 09:50 – Peres Lopetegini “Viktoriya” bilan o'yingacha istefoga chiqarmaydi 
  • 09:45 – Zidan va Ronaldu "Qirollik klubi" "toji"ni olib ketdi (Karikatura) 

“Neftchi”ning uch futbolchisi bilan suhbat

Sergey Kovshov bosh murabbiyligidagi farg'onaliklar Toshkentda yig'in o'tkazmoqda. Kuni kecha klub rasmiy sayti xodimlari jamoaning bir qator futbolchilar bilan intervyu tashkil etishdi.
Jasur Azimov: Birinchi o'rinda “Neftchi” jamoasi futbolchisiga aylanganimdan xursandman. Murabbiylar menga ishonch bildirishmoqda. Buning uchun ularga rahmat. “Navbahor” bilan qiyin o'yin o'tkazdik. Qishki yig'inda jamoa ko'rigida bo'lib turgan barcha o'yinchilar o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. SHuni hisobga oladigan bo'lsak, namanganlik futbolchilar ham bizga qarshi bor kuchlari bilan to'p surishdi. Yangi jamoa tashkillanmoqda. Sekin-asta futbolchilar bir-birini tushunib boradi. Yangi mavsumdan umidimiz katta.

Amirjon Safarov: “Navbahor”ga qarshi o'yin oson o'tmadi. Afsuski, ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Agar golli vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlaganimizda bahs boshqacha ruhda kechishi ham mumkin edi. Toshkentdagi ilk nazorat o'yinlari bo'lgani uchun yigitlar biroz bir-birlarini tushunib harakat qilishga qiynalishdi deb o'ylayman. Bu vaqtincha holat. Mazkur jarayondan o'tib olsak, hammasi yaxshi bo'ladi. Kuchli tarkib shakllanmoqda. Namangan jamoasi ham yomon emas. Ancha yillardan beri bir xil tarkib o'ynab kelmoqda.

Sunnatilla Ermatov: Yangi mavsumga tayyorgarlik yaxshi kechyapti. Klub tomonidan futbolchilarga barcha sharoitlar yaratib berilgan. Yig'inlar chog'idagi o'rtoqlik bahslari murabbiylar uchun juda foydali bo'ladi. SHu orqali ular ko'rikdagi futbolchilarning imkoniyatlariga baho berishadi. Oldinda “Neftchi”ni yana bir qator bahslar kutmoqda. Biz galdagi o'yinlarda g'alaba qozonishni istaymiz albatta. Bu orqali farg'onalik muxlislarni xursand qilmoqchmiz. Futbolda eng muhimi g'alaba hisoblanadi.
“Neftchi”ning uch futbolchisi bilan suhbat
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram