Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:19 – Fabregas: Messi “Barselona”da o'ynar ekan, ular favorit bo'lib qolaveradi 
  • 09:18 – Muhammad Salah: Ko'plab golli vaziyatlarni qo'ldan boy berdim 
  • 09:16 – Gari Kexill “Barselona” bilan o'yin haqida: “CHelsi”ga juda qiyin bo'ladi 
  • 08:43 – Nolito: “Sevilya” MYUni mag'lub etishga urinib ko'radi 
  • 08:42 – Jakomo Bonaventura: “Milan” to'g'ri yo'nalishda harakatlanmoqda 
  • 08:42 – Yupp Xaynkes: “Beshiktosh”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak 
  • 08:41 – Eden Azar: Barchamiz Konteni qo'llab-quvvatlaymiz 
  • 08:41 – Angliya kubogi. Sensaciya! “Manchester Siti” Angliya uchinchi divizioni vakiliga mag'lub bo'ldi va kubokni tark etdi 
  • 08:40 – “Real” Ektor Belerinni nishonga oldi 
  • 08:39 – Karikatura: Messi revansh olmoqchi 

Frantsiya futbol federatsiyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurishadi

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 23 yanvar` kuni O'zbekiston Milliy olimpiya
qo'mitasi va O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Parijda
Frantsiya futbol federatsiyasi mutassaddilari bilan uchrashib,yurtimizda futbolni
yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvga
erishgandi.

Jumladan, Frantsiya futbol federatsiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig'i Janob Kenni
Jan Mari uchrashuv davomida bolalar futboli bo'yicha frantsiyalik mutaxassislarni
O'zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Frantsiya jamoalariga jalb
qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish
faoliyatini Yevropa andozalari asosida yo'lga qo'yish maqsadida klublar bosh
direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba
o'rganishga yuborish masalalari muhokama qilingandi.

Bundan tashqari, shu yilning aprel` – may oylarida Frantsiya futbol federatsiyasi
vakillari yurtimizga tashrif buyurishi ko'zda tutilgani ma'lum qilingandi.

Ana o'sha kelishuvga ko'ra shu yilning 14 mart kuni Frantsiya futbol federatsiyasi
vakillari Janob Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishadi.
Ular Superliga klublarining marketing bo'yicha mutaxassislari ishtirokidagi
seminarlarida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashib, klublarimizning marketing bo'yicha
faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga yordam berishadi. Shuningdek, bolalar futboli
murabbiylari va selektsionerlar ishi bilan yaqindan tanishib, ularga amaliy
maslahatlar berishi ko'zda tutilgan.
Frantsiya futbol federatsiyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurishadi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: the-uff.com
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram