Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:00 – CHempionlik to'qnashuvi oldidan: "Paxtakor" futbolchisi "Loko"ni shohsupadan tushirmoqchi 
  • 11:59 – "Paxtakor" muxlislar klubi sardori: "Balki bugun yil o'yini" 
  • 11:59 – Ernesto Valverde: "Vidal bilan gaplashib oldim" 
  • 11:58 – Mourinyu: "Azarni MYUda ko'rishdan xursand bo'lardim" 
  • 11:58 – Pogba: "APL - eng qiziq chempionat" 
  • 11:57 – Karikatura: Neymar "Barselona"ga qaytmoqchimi?! 
  • 11:57 – Migel Velozu yana A Seriyaga qaytdi 
  • 11:56 – Antoni Marsyal MYU bilan shartnomasini uzaytirishni rad qildi 
  • 11:56 – Aleksis Sanches Mourinoning taktikalaridan norozi 
  • 11:55 – Edinson Kavani “Atletiko Madrid”ga o'tishi mumkin 

Ikrom Aliboev: "Al Vahda" jamoasi meni qoyil qoldirmadi"

Kecha Toshkentning "Lokomotiv" klubi OCHL guruh bosqichi 1-tur uchrashuvini o'tkazdi.
"Temiryo'lchilar" OCHL musobaqasini BAAning "Al Vahda" jamoasiga qarshi bahs bilan boshladi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Lokomotiv" klubi futbolchisi Ikrom Aliboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Al Vahda"ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limi biz uchun biroz qiyin kechdi. Ushbu jamoani juda ham yaxshi o'rganib chiqqandik. Murabbiylarimiz bizga "Al Vahda"ga qarshi pressing qo'llashimizni va qarshi hujumda ularni jazolashimizni aytishgandi. Bu narsa bizga qo'l keldi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondik. Maydon markazidan raqib darvozasini ishg'ol qilganimdan xursandman. Bunday vaziyatlarni sekundlarda xal qilish kerak. Qaraganimda o'ng qanotda Sardor Rashidov ochiq turgandi. Raqib darvozaboni ham oldinga chiqib olganini ko'rdim. Rashidovga to'pni uzatsam ham bo'lardi.

Lekin vaziyatni o'zim xal qilishga qaror qildim va to'pga bor kuchim bilan zarba berdim. Darvozabon qancha urinmasin baribir to'pni qaytara olmadi. SHu tariqa darvozani ishg'ol qildim. To'g'risini aytsam, "Al Vahda" jamoasi meni qoyil qoldirmadi. Ushbu jamoadan kuchliroq o'yin kutgan edik. Ikkinchi bo'limdagi tezkor kiritilgan gollar ularni sindirib qo'ydi. "Al Vahda" jamoasida Evropa darajasidagi Balaj Djudjak bizga qarshi to'p tepdi. Bu futbolchi juda ham tajribali. Kuchli futbolchilarga qarshi bahs olib borish har safar yoqimli bo'ladi. Bundan tashqari Ismoil Matar ham o'z vaqtida Osiyoning eng yaxshi futbolchisi edi", - deydi Ikrom Aliboev



To'g'risini aytsam, "Al Vahda" jamoasi meni qoyil qoldirmadi
Ikrom Aliboev: "Al Vahda" jamoasi meni qoyil qoldirmadi"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram