Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:19 – Fabregas: Messi “Barselona”da o'ynar ekan, ular favorit bo'lib qolaveradi 
  • 09:18 – Muhammad Salah: Ko'plab golli vaziyatlarni qo'ldan boy berdim 
  • 09:16 – Gari Kexill “Barselona” bilan o'yin haqida: “CHelsi”ga juda qiyin bo'ladi 
  • 08:43 – Nolito: “Sevilya” MYUni mag'lub etishga urinib ko'radi 
  • 08:42 – Jakomo Bonaventura: “Milan” to'g'ri yo'nalishda harakatlanmoqda 
  • 08:42 – Yupp Xaynkes: “Beshiktosh”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak 
  • 08:41 – Eden Azar: Barchamiz Konteni qo'llab-quvvatlaymiz 
  • 08:41 – Angliya kubogi. Sensaciya! “Manchester Siti” Angliya uchinchi divizioni vakiliga mag'lub bo'ldi va kubokni tark etdi 
  • 08:40 – “Real” Ektor Belerinni nishonga oldi 
  • 08:39 – Karikatura: Messi revansh olmoqchi 

"Surxon" Toshkentda yig'in boshladi, Farhod Tojiev shu erda

Dilshod Nuraliev boshqaruviga o'tgan Termizning "Surxon" jamoasi kuni-kecha poytaxtdagi yig'inni boshladi.
Bu yil o'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni maqsad qilib qo'yayotgan termizliklar, shunga monand tarkibni kuchaytirishga urinmoqda. Murabbiylar shtabi aynan mazkur Toshkentdagi yig'in chog'ida selekciya ishlariga katta etibor qaratishni rejalashtirgan. Darvoqe, «Surxon» jamoasi «Turkiston» mehmonxonasida istiqomat qilmoqda. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan, «Do'rmon» va «NBU-Osiyo» stadionida o'tkazish rejalashtirilgan.

Tarkibdagi o'zgarishlar keladigan bo'lsak, hozirda o'ttiz nafar futbolchi jamoa yig'inida ishtirok etmoqda. Toshkentdagi yig'inning ilk kunlaridanoq, jamoa safiga Ruslan Matniyazov, Azamat Ahmedov, Abbos Po'latov, Orif Abdug'aniev («NBU-Osiyo»), Ibrohim Abdullaev, Alisher Mirzaev («Obod»), Bekzod Mirzamurodov («Qizilqum»), Najmiddin Normurodov, Sirojiddin Qo'ziev, Dilshod Xushbakov («Nasaf»), SHerzod Jalilov («So'g'diyona»), Timur Usmonov («Lokomotiv»), Ravshan Xursanov («Navbahor»), Farhod Tojiev («Dinamo») kabi futbolchilar kelib qo'shildi.

Hozircha murabbiylar ularni ko'rikdan o'tkazayotganini takidlash lozim. Termizliklar Toshkentdagi yig'in chog'ida sinov-nazorat uchrashuvlarini ham o'tkazishni rejalashtirgan. Xususan 14 fevral kuni, Jizzax «So'g'diyona» jamoasi bilan, 16 fevral kuni Namanganning «Navbahor» jamoasiga qarshi hamda 20 fevralda Muborakning «Mashal» jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tadi.

Aytishlaricha, «Surxon» jamoasi pro-liga bahslari boshlanguniga qadar Toshkentda yig'in olib borishni maqsad qilgan.

"Surxon" Toshkentda yig'in boshladi, Farhod Tojiev shu erda
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram