O'Nil SHimoliy Irlandiya bilan 6 yillik shartnoma imzoladi
- 11.02.2018, 14:22,
- Yangiliklar
- 0
831
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
SHimoliy Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Maykl O'Nil o'z lavozimida hali uzoq vaqt qoladigan bo'ldi.
Bir muddat avval O'Nilning SHotlandiya terma jamoasida ish boshlashi haqida xabarlar tarqagandi. Lekin Maykl SHimoliy Irlandiya futbol federaciyasi bilan amaldagi shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirib, bu gap-so'zlarga barham berdi.
Eslatib o'tamiz, O'Nil boshchiligidagi SHimoliy Irlandiya terma jamoasi JCH-2018 final bosqichiga chiqishga juda ham yaqin kelgandi. Ular pley-off bosqichida ikki o'yin natijasiga ko'ra 0:1 hisobida SHveycariya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'yishgandi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
