Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:19 – Fabregas: Messi “Barselona”da o'ynar ekan, ular favorit bo'lib qolaveradi 
  • 09:18 – Muhammad Salah: Ko'plab golli vaziyatlarni qo'ldan boy berdim 
  • 09:16 – Gari Kexill “Barselona” bilan o'yin haqida: “CHelsi”ga juda qiyin bo'ladi 
  • 08:43 – Nolito: “Sevilya” MYUni mag'lub etishga urinib ko'radi 
  • 08:42 – Jakomo Bonaventura: “Milan” to'g'ri yo'nalishda harakatlanmoqda 
  • 08:42 – Yupp Xaynkes: “Beshiktosh”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak 
  • 08:41 – Eden Azar: Barchamiz Konteni qo'llab-quvvatlaymiz 
  • 08:41 – Angliya kubogi. Sensaciya! “Manchester Siti” Angliya uchinchi divizioni vakiliga mag'lub bo'ldi va kubokni tark etdi 
  • 08:40 – “Real” Ektor Belerinni nishonga oldi 
  • 08:39 – Karikatura: Messi revansh olmoqchi 

Karlush Keyrush O'zbekistonga kelmasligi mumkin

Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush terma jamoa bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda terma jamoalar departamenti rahbari Mahdiy Xorotiy gapirib o'tgan. Xorotiyning aytishicha, Eron futboli rahbariyati bosh murabbiy Karlush Keyrush bilan yangi shartnoma imzolash uchun tayyorgarlik boshlab yuborgan.

«Futbol federaTsiyamiz rahbari va terma jamoa bosh murabbiyining munosabatlari juda yaxshi. Yangi shartnoma imzolash uchun vaziyat qulay, tomonlar unga xayrixohlik bildirmoqda», - deb Xorotiy so'zlarini keltirmoqda Eron futbol federaTsiyasi sayti. «Biz bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz, FederaTsiya rahbari shu haqda topshiriq berdi. Har xil mish-mishlarga qaramay, FederaTsiya rahbari va milliy terma jamoa ustozi o'zaro hamkorlikni uzaytirish va terma jamoani yanada kuchaytirish rejalariga ega. Muxlislarning talabi ham shu. Bundan tashqari, JCh-2018 musobaqasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqchimiz» - deb qo'shimcha qildi Xorotiy.

Eslatib o'tamiz, oldinroq, Karlush Keyrush O'zbekiston terma jamoasini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi. Unga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis JCh-2018 musobaqasidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi boshqaruvini qo'lga olishi lozim edi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: tribuna.uz
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram