Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

Superliga ishtirokchilarining 10 taga qisqarishi mumkinligi borasida ogohlantirish klublarni «qo‘rqitish» uchun aytilgan gapmi?

Superliga ishtirokchilarining 10 taga qisqarishi mumkinligi borasida ogohlantirish klublarni «qo‘rqitish» uchun aytilgan gapmi?
Bu klublarning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsa.






Mavsum-2019 boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Professional futbol ligasi esa bu boradagi tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda va klublarga buning uchun bir qator jiddiy talablarni qo‘ygan. SPORTS.uz muhbiri esa PFL bosh direktori Omon G‘ofurov bilan yangi mavsum oldidan barchani qiziqtirayotgan bir qator masalalarda suhbatlashdi.
- Shuningdek, yaqinda Superliga klublariga rasmiy xat yuborilib, unda klublar soni 10 taga qisqarishi mumkinligi borasida jiddiy ogohlantirilgan. Bu chindan ham jiddiy gapmi yoki klublarni «qo‘rqitish» uchun aytilgan gapmi?
- Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, musobaqalar reglamentidan tashqari alohida litsenziyalash bo‘yicha reglamentga ham ega bo‘lish yaxshi infratuzilmaga ega klublar sonini imkon qadar tezroq ko‘paytirish imkonini beradi. Sababi litsenziyalash bo‘yicha reglamentda ko‘rsatib o‘tilgan talablar OFK litsenziyalash talablaridan ko‘ra qat’iyroq. Biz bekorga klublardan stadionda ta’mir ishlarini olib borishni, maydon holatini yaxshilashni, akademiya qurishni, qarzdorliklarni bartaraf etishni talab qilayotganimiz yo‘q. Zero, shunchaki homiy tashkilotlar tomonidan beriladigan mablag‘larni sovurib, hech qanday maqsadsiz mavsumni o‘tkazadigan jamoalar Superligada ishtirok etib, uning saviyasi o‘sishiga to‘sqinlik qilishini istamaymiz. O‘zbek futboli jamoatchiligi juda yaxshi biladi, shu paytga qadar aksariyat jamoalarimiz mavsum boshida homiydan pul olib, keyin mavsumni bir nima qilib yakunlab olishga intilib kelishgan. Lekin klubda infratuzilmani yo‘lga qo‘yish, akademiya qurish, muxlislar uchun shart-sharoitlarni yaratish doimo orqa plandagi vazifa bo‘lib kelgan. Natijada chempionat saviyasi o‘smagan, rivojlanish bo‘lmagan. Endilikda maqsadsiz klublar Superligada qatnashmaydi! Agar klub o‘z oldiga yuqori vazifalarni qo‘ysa, shuning barobarida o‘z tizimida ayollar, futzal jamoalarini, akademiyasi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa, infratuzilmasi talabga javob bersa, qarzdorliklar mavjud bo‘lmasa bemalol Superligada ishtirok etishiga ruxsat beriladi. Shuni aytishim kerakki, Superligada nechta ishtirokchi qatnashishi 12 ta klubning o‘ziga bog‘liq.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: sport.uz
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram