Pochettino: “Keyn – “mahluq”
- 21.02.2019, 22:52,
- Yangiliklar
- 0
507
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
“Tottenxem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning aytishicha, jamoa hujumchisi Harri Keyn APL 27-turida “Byornli”ga qarshi 23 fevral kuni bo'lib o'tadigan bellashuvda jamoaga yordam berishi mumkin.
Keyn yanvar oyi o'rtalarida jarohat olib safdan chiqqandi. O'shanda futbolchi martga qadar maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
“Harri o'zini yaxshi his qilayapti. O'ylashimcha, ertangi mashg'ulotlardan keyin uning holatiga baho beramiz va yakuniy qarorni qabul qilamiz. Men undan mamnunman. SHanba kuni u maydonga qaytishi mumkin. Keyn maydonga qaytish grafigini ildamlab ketishi qiyin masala, ammo u “mahluq”. Qanday kuchga ega ekanligini barcha biladi. U imkoni boricha tezroq maydonga qaytish uchun barcha ishni qilayapti”, deya Pochettinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
