"Navbahor" ertaga Namanganda mashg‘ulotlarni boshlaydi
- 21.02.2019, 18:58,
- Yangiliklar
- 0
326
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+

Namanganning “Navbahor” klubi a’zolari Turkiyaning Antaliya shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, 18 fevral kuni yurtimizga qaytib kelishgandi.
Shundan so‘ng, futbolchilar 20 fevral kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishgan bo‘lsa, 21 fevral kuni test-normativlarni topshirishdi.
“Lochinlar” yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Namanganda o‘tkazishadi.
Andrey Kanchelskis shogirdlari Namangandagi yig‘inni ertadan boshlashadi. Ertaga bir mahal mashg‘ulot o‘tkazilsa, 23 fevraldan mashg‘ulotlar ikki mahaldan davom ettiriladi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: championat.asia
Reyting:

- 0
