Ravshan Ermatov Saudiya Arabistoni chempionatidan o‘rin olgan o‘yinni boshqaradi
- 20.02.2019, 19:52,
- Yangiliklar
- 0
323
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+

Ertaga, 21 fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionati 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Al-Hazm" jamoasi o‘z maydonida "Al-Ittifoq" klubini qabul qiladi.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi taklifiga binoan mazkur o‘yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
"Al-Hazm" - "Al-Ittifoq" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Burayda shahridagi "Qirol Abdulla" stadionida bo‘lib o‘tadi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: championat.asia
Reyting:

- 0
