Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

Rasman: Superliga 8 martda start oladi, qura tashlash sanasi ham malum

O'zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rmoqda.
Hozirga qadar tashkilotimiz eski reglamentni tartibga keltirdi, futbolchi va murabbiylar uchun umumiy shartnomalarni ishlab chiqdi. Ayni vaqtda PFL bosh liga homiylari, shuningdek, bir qator sug'urta kompaniyalari, translyaciya masalalari yuzasidan manfaatli kelishuvlar bo'yicha ish olib bormoqda. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rejaga ko'ra, Superliganing 2019 yilgi mavsumi martning ilk kunidan start olishi kerak edi. Biroq futbol klublari licenziyalash talablarini yakunlab ulgurmadi. Superligada klublar soni 10 ta qoldirilishi mumkinligi borasida avval ham xabar berilgan bo'lsa-da, bu holatdan ayrim jamoalar to'g'ri xulosa chiqarmagan.

PFL komissiyasi 19 fevraldan boshlab futbol klublarini yakuniy tekshiruvdan o'tkazadi hamda hafta yakunida Superligada to'p suradigan klublar nomiga oydinlik kiritib oladi. 25 fevral kuni esa Superliganing yangi mavsumi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. 8 mart sanasidan esa chempionat start oladi.

Mart oyidagi FIFA kunlari, shuningdek, O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 yo'lidagi saralash uchrashuvlari tufayli klublar 29 martdan boshlab 2-tur uchrashuvlarini o'tkazadi. Bunga qadar sara futbolchilar argentinalik hamda serbiyalik terma murabbiylari ixtiyorida bo'ladi. FIFA kunlari davom etayotgan bir vaqtda PFL kubogi bellashuvlari bo'lib o'tadi. Mazkur kubokda g'olib chiqqan jamoaga "A" Pro-ligasi uchun imtiyozli yo'llanma taqdim etish rejalashtirilgan.

PFL 2019 yilgi mavsumda format qanday bo'lishini 12 ta klubga moslab tuzib chiqqandi. Ammo yuqorida ko'rsatilgan muddatlarga qadar klublar ishlarini yakunlab ulgurishmasa, ular avtomatik ravishda bitta quyi ligaga tushiriladi. Jamoaning xalqaro maydonda ishtirok etishi yoki sovrinli o'rinlar uchun kurashish qudratiga ega ekaniga emas, licenziyalash talablarining bajarilishiga birinchi galda etibor qaratiladi.

Malumot uchun, fevral oyining so'nggi kunida PFL vakillari OFK komissiyasi bilan uchrashish uchun Kualama-Lumpurga yo'l oladi. Bunda licenziyalash talablari, ulardagi barcha jihatlar OFK vakillari bilan muhokama qilinadi. Aynan 2019 yildan boshlab O'FA klublarga qo'yilayotgan talablarni oshirgan bo'lib, bunda tashkilot Yaponiya tanlab olgan yo'ldan yurishga qaror qilgan. Yani, milliy licenziyalash talablariga javob bera oladigan klublar OFK licenziyalash komissiyasi talablariga hech bir qiyinchiliksiz mos kelishi shart.

SHu yilning 1 may kuniga qadar esa barcha futbol klublari uchun 2020 yilgi mavsum talablari aks etgan reglament rasman taqdim etiladi. Klublar yil davomida shuning ustida ishlashi kerak bo'ladi. 31 oktyabr kuni esa PFL licenziyalash jarayonini yakunlaydi. Mazkur muddatdan bir kun kech qolgan jamoalarning arizasi qabul qilinmaydi. Yani, 2020 yil uchun qadam noyabr oyi boshlanmay turiboq qo'yiladi.

Professional futbol ligasi qura va chempionat starti kabi marosimlar sanasi ochiqlanishi biroz kechikkani uchun futbol muxlislaridan uzr so'raydi. SHuningdek, davlat korxonalari berayotgan tayyor pulga jamoa tuzayotgan klub rahbarlarini o'z ishiga masuliyat bilan yondoshishga chaqiradi.
Rasman: Superliga 8 martda start oladi, qura tashlash sanasi ham malum
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram