Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

"Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Ertaga stadionga keladigan muxlislar biz g'alaba qozonsak xafa bo'lishmasin"

OCHL-2019 saralash bosqichi doirasidagi "Paxtakor" va "Eyr Fors" klublari o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida bosh murabbiyi Bosim Qosim va Saad Notiq ishtirok etishdi.
"Paxtakor" bilan uchrashuvga imkon qadar yaxshi tayyorgarlik olib borishga harakat qildik. Oxirgi ikki o'yinda yaxshi saviyadagi jamoalarga qarshi durang natija qayd etdik. Bundan tashqari ertaga uch nafar futbolchi jarohat sababli maydonga tusha olmaydi", - deydi Bosim Qosim.




"Ertangi uchrashuvdan oldin bildira oladigan yagona fikrim barcha futbolchilarning kayfiyati juda yaxshi. Bizga xalal berishi mumkin bo'lgan jihat uch nafar etakchining o'ynamasligi. "Paxtakor" yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega", - deydi Saad Notiq.




- Aynan qaysi futbolchilar jarohat olishgan?
- Bular yarim himoyachilar Ali Husni, Karrar Nabil va darvozabon Amjad Rahim.

- Osiyo Kubogida sizning klubdan necha nafar futbolchi qatnashdi?
- Uch futbolchi. Darvozabon Muhammad Kassid, Ali Husni va Saad Notiq.

- Siz O'zbekiston klublariga yoki terma jamoalariga qarshi o'ynaganmisiz? Bizning futbol haqida fikrlaringiz qanday?
- 2005 yilda aynan shu stadionda "Al Zavra" klubi safida futbolchi sifatida kelganman va 2:1 hisobida g'alaba qozonib qaytgan edik.

- "Paxtakor"ni qanchalik darajada o'rgandingiz. Jamoa safida kimni alohida ko'rsata olasiz?
- Ertangi o'yinga hozirlik ko'rish doirasida raqibni imkon qadar o'rganib chiqdik. Jamoa safida tajribali futbolchilar bor. "Paxtakor"ni kuchli mutaxassis boshqarib bormoqda. Raqibning chap qanot yarim himoyachi chizig'i kuchli. Bundan tashqari jamoa sardori ham kuchli.

- "Eyr Fors" oxirgi uch yilda OFK kubogida g'olib chiqqan. Buning siri nimada?
- OFK kubogini qitamizning nufuzli musobaqalaridan biri hisoblanadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun jamoa o'z oldiga katta maqsad qo'yishi kerak. Bir maqsad yo'lida birlashish lozim. Butun mavsumni bir xil darajada o'tkazish kerak. Agar tarkibimizda kuchli va mahoratli futbolchilar yig'ilmaganda uch yil ketma-ket bu musobaqada g'olib chiqa olmagan bo'lardik. Bundan tashqari bizni o'z maydonimizda doim minglab muxlislar qo'llab turishardi. Ertaga ham stadin to'lishini kutamiz.

- Ertaga stadionda sizlarning muxlislaringiz bo'lmasligi "Eyr Fors" o'yiniga tasir qilmaydimi?
- To'g'ri safarda o'ynaymiz. Yaxshi o'yin ko'rsatib, qaerda bo'lsa ham bizni qo'llab turgan muxlislarni xursand qilishga intilamiz. 2005 yilda "Paxtakor" stadioni deyarli to'lgandi. Ertaga ham ko'plab muxlislar kelishini kutayapman. Faqat biz g'alaba qozonsak ular xafa bo'lishmasin.

- Bu o'yinga ikki klub ikki xil formada etib kelmoqda. "Paxtakor" uchun hali mavsum boshlanmagan, sizlar uchun mavsumning o'rtasi.
- To'g'ri aytib o'tdingiz. Bu narsa o'yinga tasir qilishi mumkin. "Paxtakor" xorij yig'inlarini o'tkazdi, ular ham ertangi bahsga ancha jiddiy tayyorgarlik olib bordi. Ikkala jamoa ham ertaga g'alaba qozonishni istaydi.
"Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Ertaga stadionga keladigan muxlislar biz g'alaba qozonsak xafa bo'lishmasin"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram