Ertaga Osiyo chempionlar ligasining yangi mavsumi start oladi
- 04.02.2019, 12:52,
- Yangiliklar
- 0
625
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Ertaga bo'lib o'tadigan uchta o'yin bilan bu yilgi OCHL bahslariga start beriladi.
OCHL pley-off. 5 fevral
"Al Vihdat" (Iordaniya) - "Quvayt SK" (Quvayt)
"Seres Negros" (Filippin) - "Yangon Yunayted" (Myanma)
"Xoum Yunayted" (Singapur) - "Persiya Jakarta" (Indoneziya)
Malumki, bu yil ham OCHL guruh bahslarida 32ta jamoa ishtirok etadi. Bizdan amaldagi chempion sifatida "Lokomotiv" to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida o'ynaydi. O'zbekiston Kubogi sohibi AGMK bilan Superligada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan "Paxtakor" esa o'z omadlarini pley-offda sinab ko'radi.
"Paxtakor" 12 fevral kuni o'z maydonida Iroqning "Eyr Fors" klubini qabul qiladi. Bu jamoa uch marta OFK Kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan. SHunday qilib 2008 yildan beri ilk marta yana Iroq jamoasi "Paxtakor" stadioniga tashrif buyuradi.
Xuddi shu kuni AGMK ham o'z maydonida o'ynaydi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar Tojikistonning "Istiqlol" klubini sinovdan o'tkazishadi.
Bu yil OCHLda mukofot jamg'armasi miqdori oshirildi. 2018 yilda jami mukofot 4,2 million AQSH dollari edi. Lekin bu yilgi musobaqa uchun OFK 8,4 million dollar ajratdi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
