Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

Mashhur Ali Dayi rekordini takrorlagan 22 yoshli yigitcha

SHunday qilib Osiyo Kubogi-2019da eronlik mashhur hujumchi Ali Dayining rekordi takrorlandi.
Aliy Dayi 1996 yil BAAda o'tkazilgan Osiyo Kubogida 8ta gol urib musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanib olgandi. Oradan 23 yil o'tib yana BAAda tashkil etilgan musobaqada Dayi o'rnatgan rekord takrorlandi. Bu safar Qatar terma jamoasi hujumchisi Almuaz Ali 8ta gol urishga muvapffaq bo'ldi. Agar u finalda ham to'p kiritsa, bu borada mutlaq rekordchiga aylanib oladi.

Almuaz Ali 22 yoshda. SHunga qaramay Osiyo Kubogining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. U guruh bosqichida Livanga bitta, KXDRga 4ta va Saudiya Arabistoniga 2ta gol urdi. Ammo 1/8 va 1/4 finallarda to'p kiritish nasib etmadi. Kecha bo'lib o'tgan o'tgan BAAga qarshi yarim final bahsida esa "Al Duhayl" hujumchisi yana bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuknday qilib yosh hujumchi musobaqadagi gollari sonini 8taga etkazib oldi.

Ali Dayi 1996 yil 8ta gol urgan payt 27 yoshda edi. Demak, Almuaz Aliga nisbatan birmuncha tajribali bo'lgan. Dayi bundan 23 yil muqaddam o'tkazilgan qita birinchiligida Iroqqa, Tailand, Saudiya Arabistoniga bittadan, chorak finalda Janubiy Koreyaga to'rtta, hamda 3-o'rin uchun kechgan bahsda Quvaytga bitta gol urgandi.

Ali Dayi rekordi takrorlayganidan so'ng qatarlik hujumchi OFK saytiga intervyu berib shunday dedi: "Men doim Dayining rekordiga tenglashib olishni o'yladim. Buni amalga oshirganimdan xursandman. Men bundan keyin ham o'z ustimda tinmay ishlashda davom etaman. Endi bo'lsa finalda g'alaba qozonib, uyga bosh sovrin bilan qaytishni xohlayman".

Almuaz Ali degan futbolchi bu yil chiqib qolgani yo'q. U o'tgan yil Xitoyda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida ham to'purar bo'lgandi. Biz chempion bo'lgan o'sha musobaqada vakillarimiz Qatar bilan bir guruhdan joy olgani yodingizda bo'lsa kerak. 1-turda aynan shu hujumchining goli tufayli mag'lub bo'lganmiz.

Almuaz Ali bir yil oldin Xitoyga 2ta, Falastinga 2ta va Vetnamga bitta gol urib jami 6ta gol bilan musobaqaning "Eng yaxshi to'purari" bo'lgandi. Bu ham tahsinga loyiq. Mana endi ushbu hujumchi Osiyo Kubogida ham porlayapti.
Mashhur Ali Dayi rekordini takrorlagan 22 yoshli yigitcha
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram