Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/2 final. Qatar - BAA

Bugun Abu Dabidagi "Muhammad bin Zayed" stadionida ikkinchi yarim final bahsi bo'lib o'tadi.
BAA va Qatar terma jamoalari o'rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. Bugungi o'yinda BAA terma jamoasi azosi Ismoil Xamis maydonga qaytishi mumkin. U diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi. Qatar tarkibida esa Bassam Al Ravi bilan Abdulaziz Hatim ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Lekin Omer Madibo bilan Abdulkarim Hassan safga qaytishadi.

Qatar
Musobaqada hozircha 5ta o'yin o'tkazgan Qatar terma jamoasi hammasini g'alaba bilan yakunladi. Qatarliklar guruh bosqichida Livanni 2:0, KXDRni 6:0 va Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida mag'lub etishdi. 1/8 finalda Iroq 1:0 hisobida dog'da qoldirilgan bo'lsa, chorak finalda Janubiy Koreya ham shu hisob bilan mag'lub etildi. Qatarda to'plar nisbati 12-0.

BAA
BAA terma jamoasi esa ushbu musobaqani durang bilan boshladi. Guruh uchrashuvini Bahraynga qarshi 1:1 hisobi bilan boshlagan amirlik futbolchilari 2-turda Hindistonni 2:0 hisobida mag'lub etishdi va oxirgi turda Tailand bilan 1:1 o'ynashdi. Keyinchalik 1/8 finalda Qirg'iziston bilan 3:2 o'ynagan jamoa chorak finalda Avstraliyani 1:0 hisobida engdi. BAAning to'plar nisbati 8-3.

Almuz Ali v Ali Mabxut
Ko'pchilik bugungi uchrashuvni har ikki jamoaning to'purar futbolchilari o'rtasidagi bahs deya baholamoqda. Qatarlik hujumchi Almuz Ali o'tgan beshta o'yinda 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va agar yana bitta to'p kiritsa Osiyo Kuboklarining eng yaxshi to'purari Ali Dayiga etib oladi.

BAA terma jamoasining to'purari Ali Mabxut bo'lib turibdi. U hozircha 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Aynan Mabxutning goli evaziga avvalgi bosqichda Avstraliyani musobaqadan chiqib ketdi. Bugungi uchrashuv bo'lib o'tadigan stadion Mabxut uchun begona emas. CHunki bu o'yingoh Mabxut o'ynaydigan "Al Jazira"ning uy stadioni hisoblanadi.

O'yindan oldingi fikrlar

Feliks Sanches (Qatar termasi bosh murabbiyi): "Yarim finalga etib kelishimizning asosiy sababi futbolchilar bosimdan holi ekanida deb o'ylayman. Men imkon qadar o'yinchilar bosimni his qilmasligiga harakat qilyapman. Bizni oldinda yana bir qiziqarli bellashuv kutib turibdi. Avvalgi o'yinlarda bo'lgani kabi BAAga qarshi ham chiroyli futbol namoyishga harakat qilamiz".

Alberto Zakkeroni (BAA termasi bosh murabbiyi): "Guruh bosqichini mashaqqat bilan o'tkazdik. Hozir esa yarim finalda turibmiz. Yana bir harakat qilsak, marra bizniki va finalda o'ynaymiz. Jamoam Avstraliyaga qarshi juda yaxshi o'ynadi. Bunday o'yin bilan Qatarni ham mag'lub eta olamiz. Qo'l ostimda maydonga tushishga tayyor 21 nafar futbolchi bor. Men hamma o'yinchilarimga birdek ishonaman".

Osiyo Kubogi-2019. 1/2 final

Qatar - BAA

29 yanvar. Abu Dabi. "Muhammad bin Zayed" stadioni
Boshlanish vaqti: 19:00
Osiyo Kubogi prevyusi. 1/2 final. Qatar - BAA
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram