Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:14 – Мойес: "Биз Луис Диаснинг трансферига яқин эдик" 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 

Osiyo Kubogi-2019. Qatarlik hujumchi yana bitta gol ursa Ali Dayiga tenglashib oladi

BAAda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi musobaqasida bugundan 1/8 final bahslariga start berildi.
Guruhdagi uchala o'yinni g'alaba bilan yakunlagan Qatar terma jamoasi nimchorak finalda Iroqqa qarshi bahs olib boradi. Malumki, guruh o'yinlarida Qatar termasi safida Almuz Ali o'zini ko'rsata oldi. Yosh hujumchi guruh bosqichining o'zidayoq 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hozirda bu futbolchi haqida ko'pchilik iliq fikrlarni bildirmoqda.

"Al Duhayl" klubining 22 yoshli hujumchisi agar yana bitta gol ursa Osiyo Kuboklari tarixidagi eng yaxshi to'purar Ali Dayiga etib oladi. Negaki Dayining hisobida 8ta gol bor. Eronlik sobiq to'purar 1996 yilgi Osiyo Kubogida 8 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Hozircha qatarlik futbolchi o'tmishdagi Behtash Fariba va CHoy Sun Xo kabi futbolchilar bilan bir xil ko'rsatkich qayd etdi.

Malumot uchun, Almuz Ali 1996 yilning 19 avgustida tug'ilgan. U Qatar terma jamoasida ilk uchrashuvini 2016 yilning 8 avgust kuni Iroqqa qarshi o'tkazgan.

Osiyo Kubogi to'purarlari

Ali Dayi (Eron) - 8ta gol, 1996 yil.
Behtash Fariba (Eron) - 7ta gol, 1980.
CHoy Sun Xo (J.Koreya) - 7ta gol, 1980.
Almuz Ali (Qatar) - 7ta gol, 2019.
Osiyo Kubogi-2019. Qatarlik hujumchi yana bitta gol ursa Ali Dayiga tenglashib oladi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram