Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 14:11 – Arveladzedan kutilmagan yurish yoxud "Paxtakor"ning transfer kompaniyasi haqida 
  • 14:09 – "Navbahor" ikki legionerga javob berdi 
  • 14:08 – Kevin-Prins Boateng: El-klasikoda gol urishga umid qilaman 
  • 14:07 – "Napoli" prezidenti Karlo Anchelotti bilan shartnoma muddatini uzaytirishni xohlamoqda 
  • 13:59 – AGMK bugun Dubayda yig'inni boshlaydi 
  • 13:42 – "Barselona" De Yongni eng qimmat gollandiyalik futbolchiga aylantirishi mumkin 
  • 09:49 – Emiliano Sala samolyotdan ovozli xabar yubordi: “Hozir u qulab ketadi, qanday dahshat” 
  • 09:48 – “Real” Eriksen uchun Xamesni berishga tayyor 
  • 09:48 – ​Demba Ba Turkiyaga qaytdi 
  • 09:47 – Ikardi shu haftadayoq “Inter” bilan yangi shartnoma tuzadi 

"Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda

O'zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda. O'FAning buyurtmasiga asosan “Nasaf” klubiga qarashli Qarshidagi “Markaziy stadion maydonining ishchi xodimlari bu borada katta hajmda mehnat qilishyapti. Stadion maysasini zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelish uchun maydonga xorijdan tayyor chim olib keltiriladi.
"Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda

Ayni paytda maydonning chimi 20-40 sm o'lchamida o'yib olinib (turli o'lchamdagi platmassa quvurlardan iborat maydon drenajlari esa 50-60 sm chuqurlikda joy olgani uchun usta va texnika hadovchisidan hushyorlik talab etyapti) tashqariga olib chiqilyapti. Chuqurlik o'rni maxsus moslamalar, qum va unumli tuproq aralashmasi bilan to'ldirilgach, ustiga chet eldan keltirilgan tayyor tabiiy chim yotqiziladi. Xalqaro talablarda ko'rsatilganidek, maydonning chekkasiga nisbatan o'rta hududi 20 sm balandlikda joylashishi zarur. Shuhratbek Suyunov rahbarligidagi ustalar bu borada ham o'z mahoratlarini ishga solib, maydon holatini talabga javob beradigan holatga olib kelish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishadi.

Nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizning bosh futbol arenasi hisoblangan “Milliy” stadioni yangi mavsumda milliy va boshqa terma jamoalarimizning bir qator xalqaro turnirlarini qabul qilishga tayyor bo'ladi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: UFA.uz
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram