Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:16 – Nazorat uchrashuvi: So'g'diyona 2-2 Oq tepa 
  • 15:06 – Transfer. MYU Aleksis uchun 28 mln. evroga bir futbolchini qo'shib beradi. U kim? 
  • 15:05 – O'zbekiston U-23 chorak finalda Yaponiya bilan o'ynaydi 
  • 13:52 – Obameyang "Borussiya" mashg'ulotlariga qaytdi 
  • 13:50 – Jalil Kimsanov: Futbolimizdagi islohotlarni qo'llab-quvvatlayman 
  • 13:50 – Sanches MYUga o'tishga rozi bo'ldi. Endi Mxitaryan "Arsenal" bilan shartnomaga rozilik berishi kerak 
  • 13:03 – Jerar Ulening "Liverpul"dagi falsafasi qanday bo'lgan? 
  • 12:51 – "Barselona". Maskeranoning transferi deyarli amalga oshdi, qolganlarda nima gap? 
  • 12:23 – Umid Ahmadjonov: "Terma jamoaning yangi murabbiyni ko'rgach, xalqimiz albatta xursand bo'ladi" 
  • 11:37 – "Arsenal" Obameyangni sotib olishiga shubha qilmayapti 

SHovkat Imamov: "O'zbekistonda murabbiylar tayyorlash tizimi izdan chiqqan"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatining dastlabki o'yinida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuv natijasi o'z yo'liga, lekin terma jamoamiz azolari namoyish qilgan o'yin muxlislarda salbiy taassurot qoldirdi. Terma jamoaning bunday nursiz o'yin namoyish qilishida, murabbiylarning ham aybi bor, albatta. SHu o'rinda tabiiy savol tug'iladi: O'zbekistonda murabbiylarni tayyorlash tizimi qay ahvolda? Tizimdaga muammo va kamchiliklar nimadan kelib chiqqan? SHu kabi savollarga O'zbekiston futbol federaciyasida yangi tashkil etilayotgan Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi boshlig'i SHovkat Imamov javob berib o'tdi.

- O'zbekistonda murabbiylar tayyorlash tizimida kamchiliklar borligi xalqaro o'yinlarda yaqqol ko'rinib qolmoqda. Bu kamchiliklarning yuzaga kelishiga asosiy sabab nimada?
- O'zbekistonda murabbiylarni tayyorlash tizimi izdan chiqqan desak bo'ladi. Ko'p yillardan beri bu tizim etarli darajada ishlamayapti. Murabbiylarning saviyasi, ularning darajasi bilan shu paytga qadar hech kim qiziqmagan. Oxirgi 11 yil ichida O'zbekiston hududi o'tkazilgan murabbiylar tayyorlash bo'yicha OFK va O'FF kurslari Murabbiylar va Hakamlar tayyorlash respublika maktabi orqali o'tkazilgan. Murabbiylar o'quv kurslarini bitirgach, ularning keyingi faoliyati federaciya tomonidan nazoratga olinmagan.

Bugungi kungacha Murabbiylar va Hakamlar tayyorlash respublika maktabining asosiy maqsadi sifatga emas, songa etibor qaratish bo'lgan. CHunki qancha ko'p murabbiy kurslarda o'qisa, ushbu maktabga shuncha ko'p pul tushgan.

Murabbiylarning saviyasi doimiy ravishda oshirib borish yo'lga qo'yilmagan. Holbuki, murabbiy doimiy ravishda o'z ustida ishlashi, zamonaviy futbol bilan hamnafas bo'lishi kerak.

Endilikda murabbiylar licenziyani O'zbekiston futbol federaciyasidan olishlari yo'lga qo'yiladi. Federaciyadagi mutaxassislar bu borada shaffoflik va haqqoniylik taminlanishiga, faqat o'z kasbining ustalari bo'lgan fidoiy insonlar murabbiylik bilan shug'ullanishlariga masul bo'ladilar.

- Ko'plab muxlislar terma jamoalarimizga xorijdan murabbiylar jalb qilinishini istashmoqda. Mahalliy murabbiylarimiz xalqaro musobaqalarda talabga javob bermasligining asosiy sababi nimada?
- Sabablar turlicha. Mahalliy murabbiylar o'z ustilarida ishlamay qo'yishgan. Muntazam ravishda bilimlarini oshirib borishmaydi, yangilikka, murabbiy sifatida o'sishga intilishmaydi. Natijada, xalqaro o'yinlarda natija bo'lmaydi.
Murabbiylarning saviyasi shu paytga qadar federaciya tomonidan nazorat qilib borilmagan. Hech kim ularni attestaciyadan o'tkazmagan, o'z kasbiga qanchalik loyiq ekani tekshirilmagan.

SHuningdek, malum terma jamoani qabul qilib olgach, terma jamoa natijasidan ko'ra o'z manfaatini ustun qo'yib, mo'may pul ishlab olishni maqsad qilgan murabbiylarimiz ham yo'q emas. Bunday murabbiylarning asosiy maqsadi terma jamoa g'alabasi emas, balki terma jamoada to'p surayotgan futbolchilarni chet el klublariga sotib, pul ishlab olish bo'lib qolgandi.

Bundan tashqari, bazi murabbiylar xorijdan legioner olib kelib, ularga katta oylik belgilashgan. Keyin o'sha oylikning malum qismini "otkat" sifatida o'zlari olib yurishgan. Xorijdan taklif etilgan saviyasiz legionerlar bunday qing'irliklarga "jon" deb rozi bo'lishgan. SHuningdek, mahalliy futbolchilarning oylik maoshidan ham "otkat" oluvchi murabbiylar ham bo'lgan.

Yana bir muammoni aytib o'tish kerak. Milliy chempionatda ishtirok etuvchi aksariyat klublar boshliqlari murabbiydan har qanday yo'l bilan bo'lsa-da, natija ko'rsatishni, uch ochkoni qo'lga kiritishni talab qilishgan. Bunday vaziyatda murabbiy o'z ustida ishlab, haqqoniy o'yinda g'alaba qozonish o'rniga, natijaga erishishning qing'ir yo'llarini izlashga tushishgan. Bazi o'yinlarda hakamlar sotib olingan bo'lsa, bazan esa raqib jamoa murabbiylari bilan kelishuv evaziga o'yin natijalari avvaldan hal qilingan. SHubhasiz, bu kabi illatlar xalqaro o'yinlarda o'z salbiy natijasini ko'rsatishi aniq edi.

- Mavjud muammolarni bartaraf etish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda?
- Federaciyaga yangi rahbariyat kelganidan keyin murabbiylar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, ularning saviyasini muntazam ravishda oshirib borish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston futbol federaciyasidagi Texnik rivojlantirish boshqarmasida Murabbiylar tayyorlash bo'yicha bo'limi mavjud. Mazkur bo'limni alohida boshqarmaga aylantirish ishlari boshlandi. Ushbu boshqarmaning asosiy maqsadi O'zbekistonda malakali murabbiylarni tayyorlash, ularning sonini emas, sifati va saviyasini oshirishdan iborat bo'ladi. Endilikda murabbiy kasbini egallamoqchi bo'lganlar oldiga qo'yiladigan talablar ham ancha qatiylashadi. SHuningdek, murabbiylar saviyasi muntazam ravishda oshirib borilishi yo'lga qo'yiladi.

Bu boradagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Jumladan, Janubiy Koreya futbol associaciyasi bilan imzolangan memorandum asosida Superliga murabbiylari malaka oshirish uchun Key-ligaga yuborilmoqda. Ular u erda tajribali murabbiylar bilan fikr almashib, yangicha ishlash uslublarini o'rganib kelishadi. Seminar davomida murabbiylarga mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilarni o'yinlarga tayyorlash, yangi taktikalar ishlab chiqish va ularni o'yinlar davomida joriy qilish bo'yicha malumotlar berib o'tiladi. Bunday seminarlarni nafaqat Osiyo mamlakatlarida, balki futboli ancha rivojlangan Evropa mamlakatlarida ham o'tkazish rejalashtirilgan.

SHuningdek, yurtimizdagi bolalar murabbiylarining saviyasini oshirish uchun xorijdan malakali mutaxassislar O'zbekistonga olib kelinmoqda. Yaqinda serbiyalik Zavisha Milosavlevich hamda "Real" Madrid akademiyasi murabbiyi Kiko Zuniga O'zbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, 17 yanvar kuni belgiyalik Kris van Puyvelde ham yurtimizga tashrif buyuradi. Bu kabi xorijlik murabbiylar o'z bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashib, mamlakatimizda malakali murabbiylar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yishda bizga katta yordam berishadi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram